Kavilova Dilyoraxon Abdujabbor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oliy ta’lim muassasalari talabalarida musiqiy-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2070.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Qiyomov Nishon Sadikovich, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari talabalarida musiqiy-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning musiqiy-ijodiy qobiliyatlari sub’ekt-sub’ekt munosabatlar diagnostikasining, jo‘rnavoz bilan musiqiy-ijodiy faoliyat samaradorligining, o‘zaro qayta aloqaga kirishish barqarorligining yuqori darajasi doimiyligini ta’minlashning prakseologik uzviyligini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
talabalar musiqiy-ijodiy qobiliyatlarining mustaqil ta’lim jarayonida singdirilgan refleksiv mexanizmlari cholg‘u ijrochiligi vokal texnikasini egallashning individual ta’lim traektoriyasini va faol musiqiy terapiyani barqaror qo‘llash orqali rivojlantirilgan;
talabalarda musiqiy-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish modeli kreativ tendensiyalar sifatlarini pedagogik muhit va individual-psixologik xususiyatlariga refleksiv moslashtirish hamda ularning ijodkorlik darajasining diagnostik strategiyasi kollobrativligini refleksiv ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda xor aranjirovkasi, kompozisiya malakalarining samaradorligi xalqchillik tamoyilini qayta aloqaga kirishish darajasining sub’ektiv ta’sirchanligini ierarxik tartibda joylashtirilgan diagnostik o‘quv maqsadlarini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalarida musiqiy-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflari asosida:
talabalarning musiqiy-ijodiy qobiliyatlari sub’ekt-sub’ekt munosabatlar diagnostikasi, jo‘rnavoz bilan musiqiy-ijodiy faoliyat samaradorligi, o‘zaro qayta aloqaga kirishish barqarorligi yuqori darajasi doimiyligini ta’minlashning prakseologik uzviyligini aniqlash asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 6 oktyabrdagi 02-07-2773/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarda musiqiy-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish jarayonining pedagogik imkoniyatlarini tahlil etish imkoniyati oshirilgan;
talabalar musiqiy-ijodiy qobiliyatlarining mustaqil ta’lim jarayonida singdirilgan refleksiv mexanizmlari cholg‘u ijrochiligi vokal texnikasini egallashning individual ta’lim traektoriyasini va faol musiqiy terapiyani barqaror qo‘llash asosida rivojlantirishga oid takliflar asosida “Maslahat”, “Lapar”, “Ruboiy” nomli mualliflik asarlari, xor uchun moslashtirilgan “O‘zbekistonim mening”, “O‘zbekiston”, “O‘rik gullaganda” asarlari yaratilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2021 yil 30 iyuldagi 01-05/14-157-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda musiqiy-ijodiy qobiliyatlarning integrallashgan sub’ekt-sub’ekt munosabatlari orqali individual rivojlantirishga erishilgan;
talabalarda musiqiy-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish modeli kreativ tendensiyalar sifatlarini pedagogik muhit va individual-psixologik xususiyatlariga refleksiv moslashtirish hamda ularning ijodkorlik darajasining diagnostik strategiyasi kollobrativligini refleksiv ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 6 oktyabrdagi 02-07-2773/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarda musiqiy-ijodiy qobiliyatlari musiqiy to‘garaklarni tashkil etishda eksperimental taqqoslash va uning samaradorligini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
talabalarda xor aranjirovkasi, kompozisiya malakalarining baholash samaradorligi xalqchillik tamoyilini qayta aloqaga kirishish darajasining sub’ektiv ta’sirchanligini ierarxik tartibda joylashtirilgan diagnostik o‘quv maqsadlari asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 6 oktyabrdagi 02-07-2773/04-sonli dalolatnomasi). Natijada, talabalarda musiqiy-ijodiy qobiliyatlar, badiiy-estetik didini rivojlantirishga erishilgan.