Ro‘zieva Gulrux Xayrullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Filolog talabalarga chet tilini o‘qitishda lingvistik kompetensiyani shakllantirish (ingliz tili idiomalari misolida)”. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped992.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Ilmiy rahbar: Teshabaeva Dilfuza Muminovna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2020.Ped.113.01.
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildora O‘rinbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Muxitdinova Muniraxon Ravshanovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi filolog talabalarga ikkinchi chet tili sifatida ingliz tili idiomalarini o‘qitishda lingvistik kompetensiyani shakllantirishga qaratilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘qitishda lingvistik kompetensiyani shakllantirishda idiomalarni o‘zlashtirishdagi murakkablik belgisi til, nutq va ijtimoiy kompetensiyani shakllantirishda bevosita idiomalarning strukturasi bilan bog‘liq ekanligi dalillangan;
ingliz tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘qitishda talabalarning lingvistik kompetensiyasini shakllantirishda idiomalarning o‘rni va ularni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar tipologiyasini aniqlash orqali idiomalarni o‘qitishda o‘quv materiallarini loyihalashtirishning didaktik ta’minoti nazorat va diagnostika vositalarini o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlash orqali takomillashtirilgan;
idiomalarni tematik guruhlarga ajratish orqali talabalarning lingvistik kompetensiyasini shakllantirishda barqarorlik, obrazlilik, ma’no yaxlitligi tamoyillarining gapning asosiy ma’noviy komponenti hamda unumdor til materiali sifatida xizmat qilishi isbotlangan;
lingvistik kompetensiyani shakllantirishga qaratilgan olti bosqichli mashqlar texnologiyasini yaratish orqali talabalarning lingvistik va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Filolog talabalarga chet tilini o‘qitishda lingvistik kompetensiyani shakllantirish (ingliz tili idiomalari misolida) bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarning ilmiy natijalari asosida:
ingliz tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘qitishda lingvistik kompetensiyani shakllantirishda tadqiqot ishi mavzusi doirasida respublika va xorijiy ilmiy jurnallardagi maqolalar va xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya materiallarida chop etilgan tezislari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga qarashli maktablarning yuqori sinflari «Ingliz tili» mashg‘ulotlarida lug‘atlar yordamida ingliz tili idiomalarini o‘qitishda foydalanilgan va ijobiy natijalarga erishilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 9 avgustdagi 01-01/09-3591-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilar ingliz tili idiomalari haqida etarlicha ma’lumotga ega bo‘lishgan va bu yondashuv ularda lingvistik kompetensiyani shakllanishiga xizmat qilgan;
filolog talabalarga ingliz tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘qitishda birinchi chet tili va ona tilining o‘rnini aniqlashtirish va idiomalarni o‘qitishda lingvistik kompetensiyani shakllantirishga qaratilgan materiallarni loyihalashtirishning didaktik tizimini ishlab chiqishga oid xulosalardan T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020 yillarda bajarilgan FZ-2016-0908165532-raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” nomli fundamental loyihasining nazariy qismida foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2021 yil 5 iyuldagi 148-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘qitishda talabalarning lingvistik kompetensiyasini shakllantirishda idiomalarning o‘rni va ularni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar tipologiyasini aniqlashga oid muammolar o‘z echimini topgan;
filolog talabalarga chet tillarini o‘rgatishda idiomalar asosida yaratilgan mashqlar to‘plami hamda nazorat va diagnostika vositalarining o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlash ko‘rsatkichlaridan Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan amalga oshirilgan I-204-4-5 «Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish» nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 10 iyuldagi 1495/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy xulosalarning qo‘llanilishi loyiha doirasida yaratilgan darslik, o‘quv-uslubiy majmua, uslubiy qo‘llanma, virtual resurslarni eng so‘nggi ma’lumotlar va adabiyotlar bilan boyitishda muhim manba sifatida xizmat qilgan;
ingliz tili idiomalarini o‘qitishda ularning tematik guruhlari tavsiflanib, lingvistik kompetensiyani shakllantirish bo‘yicha uning komponentlarini bosqichma-bosqich o‘rgatishga asoslanib ishlab chiqilgan o‘quv-lisoniy vazifalar majmuidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 110000-Pedagogika ta’lim sohasi (tillar bo‘yicha) bakalavr ta’lim yo‘nalishida “Umumiy tilshunoslik”, “Til ko‘nikmalari integratsiyasi”, “Til aspektlari amaliyoti” fanlari bo‘yicha hamda tilshunoslikda idiomalarning lingvistik xususiyati “Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)” magistratura ixtisosligi bo‘yicha “Xorijiy tillarni o‘qitishning qiyosiy metodikasi”, “Kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan ingliz tili”, “Zamonaviy lingvistika” fanlari bo‘yicha uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2021 yil 13 avgustdagi 01/1759-son ma’lumotnomasi). Natijada yaratilgan o‘quv-uslubiy majmua, uslubiy qo‘llanmalarda ingliz tilidagi idiomalar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari haqida to‘liq ma’lumotlar berilgan. Talabalarni chet tillarni idiomlar yordamida o‘qitishning yangi metod va usullari ko‘rsatib o‘tilgan.