Vahobova Sojida Komiljonovnaning 
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Tukli chigitlarni saralaydigan qo‘sh elektr maydonli saralagichning parametrlarini asoslash”, 05.05.07 – Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar ixtisosligi (texnika fanlari bo‘yicha). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T1159.
Ilmiy rahbar: Rosaboev Abduqodir To‘xtaqo‘zievich texnika fanlari nomzodi, k.i.x.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.10.01. 
Rasmiy opponentlar: Muxammadiev Ashiraf Muxammadievich, texnika fanlari doktori, professor; Denmuxammadiev Aktam Mavlonovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “BMKB-Agromash” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tukli chigitlarni saralash samaradorligini oshirish uchun qo‘sh elektr maydonli saralagichni ishlab chiqish va parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikki xil sharoitda vujudga keladigan elektr maydonini bir ish organida birlashtirishga asoslangan, tukli chigitlarni fizik-mexanik xossalari bo‘yicha saralaydigan, biologik xususiyatlari bir-biriga yaqin bo‘lgan va yuqori sifatli urug‘lik olish imkonini beradigan saralagich qurilmasi ishlab chiqilgan;
urug‘larni qo‘sh elektr maydonda saralash texnologik jarayonini ifodalaydigan analitik bog‘lanishlar olingan;
tukli chigitlarni ish organi yuzasidan ajralish burchaklari va tezliklari ularning fizik-mexanik ko‘rsatkichlariga bog‘liq ravishda asoslangan;
saralagichning konstruktiv o‘lchamlari va ish rejimlari saralash texnologik jarayonining belgilangan sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlash shartidan aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tukli chigitlarni saralaydigan qo‘sh elektr maydonli saralagichning parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qo‘sh elektr maydonli saralagichga dastlabki talablar va uning konstruksiyasini loyihalash uchun texnik topshiriq ishlab chiqilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 11 avgustdagi №02/023-3280-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tukli chigitlarni saralaydigan qo‘sh elektr maydonli saralagich qurilmasini konstruksiyasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
tukli chigitlarni saralash uchun ishlab chiqilgan qo‘sh elektr maydonli saralagich Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq va Yangiyo‘l tumanlarining fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 11 avgustdagi №02/023-3280-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, urug‘lik sarfi 1,5-2,0 martaga kamayib, bir gektar erdan olinadigan hosildorlik 10-15 foizga ko‘payishiga erishilgan;
qo‘sh elektr maydonli saralagichni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 11 avgustdagi №02/023-3280-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, asoslangan parametrlarga ega tukli chigitlarni saralaydigan qo‘sh elektr maydonli saralagichning tajriba nusxasini tayyorlash imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish