Akramov Abduvali Mamatxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “To‘quv dastgohida sochiqbop to‘qima olish parametrlarini optimallashtirish” 05.06.02- “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1645
Ilmiy rahbar: Axunbabaev Oxunjon Abduraxmanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Xoliqov Kurbonali Madaminovich, texnika fanlari doktori, professor; Doniyorova Matluba Adashboevna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘quv dastgohida vafel o‘rilishdagi sochiqbop to‘qimalarning yangi turlarini yaratish va paramertlarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
VAMATEX to‘quv dastgohida amaldagi to‘qima o‘rilishlarini o‘zgartirish hisobiga qo‘p qirrali, yangi vafel o‘rilishdagi sochiqbop to‘qimalar olingan va to‘qima taxtlashning elektron dasturi ishlab chiqilgan;
oddiy vafel o‘rilishli sochiqbop matolardan farqli ravishda tanda va arqoq yo‘nalishidagi iplar qoplanishini oshirib, yangi vafel o‘rilishdagi ko‘p qirrali, 22 % ga nam shimish va 12,3 % ga ishqalanishga chidamliligi yuqori bo‘lgan sochiqbop to‘qima olingan;
yangi assortimentdagi ko‘p qirrali o‘rilish uchun to‘qimaning to‘la taxtlash tasviri ishlab chiqilgan hamda namunalar orasidan tanda va arqoq yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rilish qoplamlarini ko‘paytirish natijasida to‘qimaning gigroskopik xususiyati tanda bo‘yicha 18% ga, arqor bo‘yicha 22 % ga yuqori bo‘lishi aniqlangan;
to‘quv dastgohidagi tanda iplarining tarangligini aniqlash uchun mavjud asboblardan farqli ravishda, taranglik o‘zgarishlarini yuqori aniqlikda o‘lchash imkoniyatiga ega, mikroraqamli o‘zgartirgichlardan iborat, dasturlashgan maxsus o‘lchash moslamasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘quv dastgohlarida yangi vafel o‘rilishdagi muayyan xususiyatli sochiqbop to‘qimalarni olishni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ko‘p qirrali vafel o‘rilishli yangi sochiqbop matolarni uch xil namunasini «Art Soft Cluster TEX» MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O’zto’qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 06 yanvardagi №03/25-159 sonli ma’lumotnomasi). Natijada yangi assortimentdagi ko‘p qirrali vafel o‘rilishdagi sochiqbop mato ishlab chiqarilgan;
vafel o‘rilishli yangi sochiqbop to‘qimalarni ishlab chiqarish «NT HOME TEXTILE» MChJ korxonalarida joriy etilgan («O’zto’qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 06 yanvardagi №03/25-159 sonli ma’lumotnomasi). Natijada yuqori ekspluatatsion xususiyatlarga ega yangi tuzilishdagi vafel o‘rilishli sochiqbop to‘qimalar ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.