Sayt test rejimida ishlamoqda

Xo‘jaqulov Aziz Fayzullaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy neft xomashyosidan olingan turbina moylarini kolloid-kimyoviy va ekspluatatsion xususiyatlarini takomillashtirish», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2457.
Ilmiy rahbar: Hamidov Bosit Nabievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Adizov Bobirjon Zamirovich,texnika fanlari doktori; Erkabaev Furqat Il`yasovich, texnika fanlari doktori.
Etakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy neft xomashyolaridan ekspluatatsion va kolloid-kimyoviy xususiyatlari takomillashtirilgan turbina moylarini kompozisiyalarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mavjud va yangi kompozisiyada olingan turbina moylari, gaz turbinasining ishchi sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan;
funksional qo‘ndirmalarning mahalliy turbina moylariga ta’sirini kolloid-kimyoviy xususiyatlarni o‘rganishda, xususan qovushqoqlik indeksi 30 punktga oshirishi, past -17oS haroratda qotishi isbotlangan;
yangi kompozisiyada olingan turbina moylarini tajriba-sinov natijalari asosida ekspluatatsion muddati 8000 soat davom etishi isbotlangan;
mahalliy neft xomashyosidan yuqori sifatli turbina moy kompozisiyalari olish uchun bazaviy moylar va funksional qo‘ndirmalarni kompaundlashda mavjud moylarning optimal nisbati II fraksiyadan 70 % va III fraksiyadan 30 % bo‘lishi aniqlangan; 
parafin-naften uglevodorodlardan tashkil topgan nisbatan suyuq engil moy fraksiyalariga ionol 0,8% , D-157 0,02%, V-15/41 0,02% va PMS-200A 0,003% qo‘ndirmalaridan qo‘shib, yuqori indeksli sifatli turbina moylar olish imkoniyati aniqlangan;
bazaviy moylar shuningdek funksional qo‘ndirmalarni kompaundlab, yuqori sifatli turbina moylari kompozisiyalarini olishning texnologik tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
FNQIZ moy distillyatlaridan foydalanib, yangi tarkibli turbina moylarini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turbina moylarining qovushqoqlik indeksini oshirish usuli «O`zbekneftgaz» AJning “2021-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («O`zbekneftgaz» AJning 2021 yil 17 noyabrdagi 28-1/821-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy neft xomashyosidan turbina moylari olish resepturalari ishlab chiqish imkonini beradi;
mahalliy neft xomashyosidan yuqori sifatli turbina moylarini olish texnologiyasi «O`zbekneftgaz» AJning “2021-2023 yillarda amaliyotga joriy etish istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («O`zbekneftgaz» AJning 2021yil 17 noyabrdagi 
28-1/821-son ma’lumotnomasi). Natijada, bazaviy moylarning II fraksiyasi 70 % va III fraksiyasi 30 % dan tashkil topgan turbina moyi kompozisiyasini olish imkonini beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish