Esimbetov Ruslan Maxsetbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qizilqumning Nukus qumli hududida kichik sut emizuvchilarning faunistik kompleksi va uning o‘lat kasalligini tarqatishdagi epizootologik va epidemiologik ahamiyati», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/B361.
Ilmiy rahbar: Asenov Gappar, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.V.20.04.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ikram Iskandarovich, biologiya fanlari doktori, professor; Saparbaev Jumabay, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qizilqumning Nukus qumi hududida tarqalgan kichik sut emizuvchi hayvonlarning hozirgi zamonaviy tur tarkibini, faunistik komplekslarini aniqlash va o‘lat kasalligi tarqalishining epizootologik va epidemiologik holatini baholash hamda ularga qarshi kurash chora-tadbirlar ishlab chiqishning ekologik asoslarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qizilqumning Nukus qumi hududida tarqalgan kichik sut emizuvchi hayvonlarning 25 ta turi aniqlangan bo‘lib, ulardan Rodentia turkumiga -18 tur, Carnivora turkumiga - 3 tur, Lagomorpha turkumiga - 1 tur, va Insectivora turkumiga mansub 3 tur tarqalganligi aniqlangan;
kichik sut emizuvchi hayvonlarning Nukus qumi hududida landshaftlar bo‘yicha tarqalishi, ekologik, biotoplik joylashish tiplari aniqlangan;
kichik sut emizuvchi hayvonlarning mavsumiy, yillik, ko‘p yillik son o‘zgarishlari, kemiruvchilarning ko‘payish ekologiyasi va fenologiyasi o‘rganilgan;
ko‘p sonli asosiy kasallik tarqatuvchi kemiruvchilarning eng muhum tashuvchilari burga, kanalarning ekologiyasi va fenologiyasi o‘rganilgan;
o‘lat kasalligining epizootologik va epidemiologik holati baholangan;
Nukus qumi hududida o‘lat kasalligi tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora tadbirlar ishlab chiqishning ekologik asoslari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida kichik sut emizuvchi hayvonlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qizilqumning Nukus qumi hududida tarqalgan kichik sut emizuvchi hayvonlarning hozirgi zamonaviy tur tarkibini aniqlash va o‘lat kasalligi tarqalishining epizootologik va epidemiologik holatini baholash hamda ularga qarshi kurashishning ekologik asoslari bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasida amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2021 yil 26-avgustdagi 33/04-436-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘lat kasalligining epizootologik va epidemiologik jarayonini monitoring qilish, o‘lat kasalligining qishloq xo‘jalik hayvonlariga o‘tish zanjirini uzishga hamda tarqalishining oldini olishga va qarshi kurashish imkonini bergan;
dissertatsiya ishida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida «Po usovershenstvovaniyu epidemiologicheskogo nadzora i differensirovaniyu territorii po proyavleniyu epizooticheskoy aktivnosti na primere rayona Nukusskix peskov Kizilkumskogo prirodnogo ochaga chumi dlya pol`zovaniya v prakticheskoy deyatel`nosti strukturnix podrazdeleniy Karakalpakskogo filiala SPCh Mz RUz» mavzusida amaliy tavsiyanoma ishlab chiqilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligi amaliyotiga joriy etildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 27 sentyabrdagi 01/6699-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqaning turg‘un rivojlanishi doirasidagi va epidemiologik o‘choqlar tarqalish prognozlarini o‘tkazish bo‘yicha Qizilqumning Nukus qumi hududida cho‘l ekotizimlarini boshqarish dasturlarini tuzish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish