Allamuratov Baltabay Djumabaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Shimoli-G‘arbiy Qizilqum hududida kichik qumsichqonlarining (Meriones meridianus, Meriones libycus, Meriones tamariscinus) ekologiyasi va ularning epizootologik-epidemiologik ahamiyati», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/B637.
Ilmiy rahbar: Asenov Gappar, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.V.20.04.
Rasmiy opponentlar: Juginisov Tangibergen Isaevich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Shakarbaev Ulug‘bek Abdulakimovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Shimoli-G‘arbiy Qizilqum hududida tarqalgan qumsichqonlarining tabiiy o‘choq hududini epizootologik baholash va profilaktika choralari kompleksini takomillashtirish maqsadida morfobiologik, ekologik hususiyatlarini va epidemiologik ahamiyatini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Shimoli-G‘arbiy Qizilqum landshaft ekologik tumanlaridagi kichik qumsichqonlarining tarqalishi, dinamikasi va ozuqa moddalarining strukturasi asoslangan;
uch tur kichik qumsichqonining ekologiyasi va rivojlanish sikllari ochib berilgan;
ektoparazitlari - burgalarning turli oylalarga mansub va hujainlarining miqdor dinamikasiga mos turlarning ekologiyasi asosida epizootik jarayondagi ro‘li aniqlangan;
epizootologik va epidemiologik ahamiyati ochib berilgan;
Shimoli-G‘arbiy Qizilqum hududlarida o‘lat kasalligining oldini olish bo‘yicha qarshi kurash chora-tadbirlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Shimoli-G‘arbiy Qizilqum hududida kichik qumsichqonlarining (Meriones meridianus, Meriones libycus, Meriones tamariscinus) ekologiyasi va ularning epizootologik-epidemiologik ahamiyati yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Qoraqalpog‘istonning Shimoli-G‘arbiy Qizilqumi hududida tarqalgan kemiruvchilar turqumiga mansub kichik qumsichqonlarining Qizilqum o‘lat o‘chog‘ida epizootologik, epidemiologik ahamiyati va xususiyatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qumitasining 2021 yil 25 oktyabrdagi 33/04-514-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘lat kasalliklari bilan zararlanishining oldini olish va iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan;
Shimoli-G‘arbiy Qizilqum hududida o‘lat kasalligining oldini olish va profilaktik chora-tadbirlar bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 5 noyabrdagi 01/7077-son ma’lumotnomasi). Natijada, Shimoli-G‘arbiy Qizilqum hududida tarqalgan kemiruvchilar turkumiga mansub kichik qumsichqonlarining populyasiyalar sonini boshqarish va jiddiy zarar keltiruvchi turlariga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish imkonini bergan.