Sayt test rejimida ishlamoqda

Haydarov Shoxidjon Bahridinovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ekskavator-transport» majmuasida texnologik jihozlar qismi ish samaradorligini oshirish bo‘yicha texnik echimlarni ishlab chiqish», 04.00.16 – Konchilik mashinalari (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2370.
Ilmiy rahbar: Atakulov Lazizjon Nematovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02.
Rasmiy opponentlar: Toshov Javoxir Burievich, texnika fanlari doktori, professor; Rayxanova Galiya Eleubaevna, texnika fanlari nomzodi.
Etakchi tashkilot: «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi «ekskavator-transport» majmuasi uskunalari ishchi jihozlarining konstruksiyasini modernizatsiyalash asosida bardoshliligi, ishonchliligi va xizmat muddatini oshirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
takomillashtirilgan fil`tr qurilmasidan o‘tuvchi havo oqimining harakatlanish vektorlari gradient, oqim, sirkulyasiya, potensial, divergensiya va uyurmalar bog‘liqligi o‘rnatilgan hamda ushbu bog‘liqlik asosida havo oqimining harakatlanish yo‘nalishlarining matematik modeli ishlab chiqilgan;
ekskavator cho‘michi halqasiga vtulka va moylash tizimi joriy etilishi asosida halqaning harakatlanishida ishqalanish, emirilishga nisbatan resurs tejamkorlik bog‘liqligi o‘rnatilgan hamda cho‘mich halqasiga tushayotgan og‘irlik, ishqalanish, aks ta’sir kuchlari natijasida yuzaga kelayotgan salbiy oqibatli omillar aniqlangan;
ekskavator tayanch-dastak bosh bloki shkivi, po‘lat sim arqoni va cho‘mich dastagi orasidagi bog‘liqlik hamda po‘lat sim arqonni shkifdan chiqib ketmasligini ta’minlovchi po‘lat sim arqon va dastak orasidagi optimal burchagi aniqlangan; 
tasmali konveyer tayanch roliklariga tushayotgan zo‘riqmalarni taqsimlashda tasmadagi yukning to‘lalik koeffisienti, roliklar uzunliklari va yon roliklar qiyalik burchaklari bog‘liqligi aniqlangan hamda o‘rta rolikning xizmat muddatini uzaytirish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ekskavator-transport majmuasi ishchi jihozlarini takomillashtirish va ekspluatatsion samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ekskavator cho‘michi halqasida vtulka va moylash naychasi hamda ekskavator tayanch-dastak (strela) bosh bloki shkividan po‘lat sim arqonning chiqib ketmasligi uchun konstruktiv metall qoplama Navoiy kon-metallurgiya kombinati Shimoliy kon boshqarmasi Daugiztau kar`erida amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2021 yil 2 avgustdagi 02-06-07/7724-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekskavator cho‘michini ta’mirlash davomiyligini 15-20% ga, ehtiyot qismlar sarfi me’yorlarini 5-10% ga, ta’mirlash xarajatlarini 10-15% ga kamaytirish imkonini bergan;
ekskavatorning kompressor uskunasi fil`tr qurilmasining takomillashtirilgan konstruksiyasi Navoiy kon-metallurgiya kombinati Shimoliy kon boshqarmasi Daugiztau kar`erida amaliyotga joriy qilingan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2021 yil 30 sentyabrdagi 02-06-07/9555-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekskavator kompressor uskunalari fil`tridan o‘tib ketuvchi chang miqdorini 15% ga kamaytirish va kompressor uskunasining xizmat muddatini 1,15 barobarga uzaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish