Axrorqulov Anvar Anvarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Notijorat tashkilotlarning fuqarolik-huquqiy maqomini takomillashtirish», 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Yu241.
Ilmiy rahbar: Okyulov Omanboy, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Rahmonqulova Nilufar Hoji-Akbarovna, yuridik fanlar doktori, dotsent; Axmadjonov Baxtiyorjon Usubjonovich, yuridik fanlar nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi notijorat tashkilotlarning fuqarolik-huquqiy maqomini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nodavlat notijorat tashkilotlarning fuqarolik-huquqiy maqomini belgilovchi omillardan biri sifatida ular tomonidan o‘tkaziladigan muayyan tadbirlar to‘g‘risida xabardor qilish tartibining belgilanishi asoslantirilgan;
chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olishni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan kelishib olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi asoslab berilgan;
notijorat tashkilotining bir turi sifatida boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti – bir yoki bir nechta ish beruvchida ishlaydigan yoki tegishli ta’lim muassasasida o‘qiydigan kasaba uyushmasi a’zolarining tegishli kasaba uyushmasi ustavi asosida faoliyat ko‘rsatadigan ixtiyoriy birlashmasi ekanligi asoslantirilgan;
jamoat birlashmalarining alohida turi bo‘lgan kasaba uyushmalarining mulki daxlsizligi va u qonun bilan qo‘riqlanishi zarurligi asoslab berilgan;
kasaba uyushmalarining misolida notijorat tashkilotining mol-mulki natsionalizatsiya, rekvizisiya va musodara qilinmasligi lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Notijorat tashkilotlarning fuqarolik-huquqiy maqomini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanishiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 10 sentyabrdagi O‘RQ-566-son “Ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan o‘zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunining 6-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2021 yil 12 fevraldagi 05/1-01-27-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tadbirlar o‘tkazish tartibotini aniqlashtirishga xizmat qilgan;
chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olishni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan kelishib olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 10 sentyabrdagi O‘RQ-566-son “Ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunining 6-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2021 yil 12 fevraldagi 05/1-01-27-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi nodavlat notijorat tashkilotlari chet davlatlaridan mablag‘lar olish tizimini tartibga solish izchilligini oshirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti kasaba uyushmasi ustavi asosida faoliyat ko‘rsatadigan ixtiyoriy birlashma ekanligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 6 dekabrdagi O‘RQ-588-son “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi qonunining 3-moddasi ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2021 yil 12 fevraldagi 05/1-01-27-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlarning maqomini aniqlashtirish va ular faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilashga xizmat qilgan;
kasaba uyushmalarining mulki daxlsizligi va u qonun bilan qo‘riqlanishi lozimligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 6 dekabrdagi O‘RQ-588-son “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi qonunining 14-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2021 yil 12 fevraldagi 05/1-01-27-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilganligi kasaba uyushmalari mol-mulkining daxlsizligini ta’minlash va ularni himoya qilish samaradorligini oshishiga xizmat qilgan;
kasaba uyushmalarining mol-mulki natsionalizatsiya, rekvizisiya va musodara qilinmasligi oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 6 dekabrdagi O‘RQ-588-son “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi qonunining 14-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2021 yil 12 fevraldagi 05/1-01-27-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilganligi kasaba uyushmalar mulk huquqining kafolatlarini aniqlash va mustahkamlashga xizmat qilgan.