G‘aybullaev Rustamjon Qahramonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abel algebralarning Leybnis kengaytmalari va giponilpotent ideali berilgan n-Li algebralarning tasnifi”, 01.01.06 – Algebra (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/FM349
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Matematika instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.FM.86.01 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Omirov Baxrom Abdazovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Eshmatov Farxod Xasanovich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Kurbanbaev Tuuelbay Kadirbaevich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon Davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi k-o‘lchamli Abel algebralarning k-1 ko-o‘lchamli Leybnis kengaytmalari qurish va giponilpotent ideali berilgan echiluvchan n-Li algebralarning tasnifini olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nilradikali k-o‘lchamli Abel algebrasi hamda to‘ldiruvchi qism fazoning o‘lchami k-1 bo‘lgan echiluvchan Leybnis algebralarining tasniflangan;
nilradikali maksimal rankka ega bo‘lib to‘ldiruvchi qism fazo o‘lchami nilradikal rangidan kichik bo‘lgan barcha echiluvchan Li algebralarda tashqi differensiallash mavjudligi isbotlangan;
tabiiy usulda graduirlangan filiform n-Li algebralari tasniflangan;
maksimal filiform giponil`potent idealga ega echiluvchan n-Li algebralari tasniflangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abel algebralarning Leybnis kengaytmalari va giponil`potent ideali berilgan n-Li algebralarning tasnifi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
nilradikali k-o‘lchamli Abel algebrasi hamda to‘ldiruvchi qism fazo o‘lchami k-1 bo‘lgan echiluvchan Leybnis algebralarining tasnifidan ID: FRGS/1/2016/STG06/UPM/03/2 raqamli “Algebralarning ba’zi sinflarini umumlashgan differensiallashlari va ularning tadbiqlari” mavzusidagi xorijiy loyihasida nilradikali maksimal ranga ega bo‘lib, to‘ldiruvchi qism fazoning o‘lchami nilradikalning rangidan kichik bo‘lgan echiluvchan Leybnis algebralarini tasniflashda foydalanilgan (Mara Texnologiya universitetining 2021-yil 22-noyabrdagi ma’lumotnomasi, Malayziya). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi ayrim chekli o‘lchamli assotsiativ bo‘lmagan algebralar sinfining differesiallashlar algebrasining tasniflarini olish imkonini bergan;
maksimal filiform giponil`potent idealga ega echiluvchan n-Li algebralarining tasnifidan MTM2016-79661-P raqamli “Gruppa va assotsiativ bo‘lmagan algebralarning gomologiyalari, gomotopik va kategorik invariantlari” mavzusidagi xorijiy loyihada ba’zi nilpotent n-Leybnis algebralarini tasnifini olishda foydalanilgan(2016-2020) (Santiyago de Kompostela universitetining 2021-yil 24-noyabrdagi ma’lumotnomasi, Ispaniya). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi echiluvchan (nilpotent) n-Leybnis algebralariga oid bir qator farazlarning to‘g‘riligini tekshirish hamda yangi echiluvchan(nilpotent) n-Leybnis algebralari qurish imkonini bergan.