Beryozkina Al`fiya Il`darovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sut bezi saratonini erta tashxislashda ul`tratovush mul`tiparametrik tekshiruvlari» 14.00.19 – Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1215.
Ilmiy rahbar: Fazilov Akram Akmalovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarni kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupalieva Gul`nora Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori; Abdixakimov Abdulla Nusratillaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tibbiyot tadqiqot instituti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ul`tratovushli mul`tiparametrik tadqiqotning zamonaviy texnologiyalarini qo‘llash yo‘li orqali sut bezi saratonini erta bosqichlarda baholashni yaxshilashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sut bezi saratonini kichik o‘lchamlarini tashxislashdagi an’anaviy rangli doppler bilan qiyosiy aspektda, xavfli o‘smalardagi patologik qon aylanishini yuqori aniqlik bilan erta tashxislashga imkon beruvchi SMI faoliyatining samaradorligi isbotlangan;
xavfli o‘sma o‘lchamiga bog‘liq xolda kompression sonoelastografiya va siljish to‘lqinli elastografiyadan foydalanish yo‘li bilan sut bezi saratonini qattiqligining bo‘sag‘a belgisini deformatsion koeffisientining ishonchli ko‘rsatkichlari isbotlangan; 
ul`tratovushli usulning faqat bazaviy V-tartibida qo‘llashning sezgirlik va maxsuslikning past ko‘rsatkichlarida, sut bezi xavfli o‘smasini kichik o‘lchamlarida (5 dan 20 mm gacha) xavflilik jarayoni tavsifini aniqlashtirish uchun dopplerografiya va sonoelastografiya usullarini qo‘llash zaruriati isbotlangan; 
sut bezi saratonini kichik o‘lchamida multiparametrik yondoshuvining maqsadga muvofiqligini inobatga olgan tartibida SMI  usulida  patologik qon oqimi va past tezlikdagi xavfli manbalarni mavjudligi hamda kompression va siljish to‘lqinli elastografiya yordamida qattiq hosilalarning yuqoriligi MicroPure tartibidagi mikrokal`sinatlar asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sut bezi saratonini erta tashxislashda ul`tratovush mul`tiparametrik tekshiruvlari natijalarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sut bezi saratonini erta tashxislashda ul`tratovush mul`tiparametrik tekshiruvlarni amalga oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida «sut bezi saratonining erta tashxislashda ul`tratovush tekshiruvlarida innavatsion texnologiyalar» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 14 sentyabrdagi 8-n/r 767-son ma’lumotnomasi). Natijada innavatsion texnologiyalarda foydalanish orqali ayollarda sut bezi saratonini erta tashxislash va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan; 
sut bezi saratonini erta tashxislashda ul`tratovush mul`tiparametrik tekshiruvlar bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filialining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 6 oktyabrdagi 8 n-z 320-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi  sut bezi saratonini erta tashxislashda V-tartibidagi ul`tratovush tadqiqoti va dopplerografik tadqiqot hulosalarini umumlashtirish to‘g‘ri hulosa ehtimolini ~25% ga oshirishi, sut bezi saratoniga shubha bo‘lganda xavfli o‘smaga shubha miqdorini (BI-RADS 4) (79,5%) keskin oshirishi vaumumiy 4 (4,5%) holatda tashxis noaniq bo‘lib qolgan (BI-RADS 0) kasallikni erta tashxislash va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkoni bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish