Ro‘zimova Xolida Kamiljanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mikrob preparatlardan qishloq xo‘jaligi amaliyotida foydalanishning ekologik jihatlari», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/V216.
Ilmiy rahbar: Turabaev Akmal Normuminovich, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/30.04.2021.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Tleumuratova Bibigul` Saribaevna, fizika-matematika fanlari doktori; Absattarov Nietbay Allaberganovich, biologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mikrob preparatlardan qishloq xo‘jaligi amaliyotida foydalanishning ekologik jihatlaridan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor “Bist-M” biopreparatining asosini tashkil qilgan assotsiativ bakteriyalar bilan o‘simliklar orasidagi o‘zaro munosabatlarga agroekologik omillarning ta’siri aniqlangan;
assotsiativ bakteriyalar (Pseudomonas, Bacillus) ning stress, nisbatan maqbul ekologik sharoitlarida o‘simliklar uchun o‘zaro simbiontlik xususiyatini namoyon etishi isbotlangan;
stress sharoitlarida (sho‘rlanish, qurg‘oqchilik va x.k), o‘simliklarni “Bist” guruhiga kiruvchi biopreparatlar bilan inokulyasiya qilinganda ularda qator himoya reaksiyalarini faollashuvi hamda atrof muhitning noqulay sharoitlarida o‘simliklarning rivojlanish davrida stress ta’sirining kamayishi asoslangan;
Xorazm viloyati agroiqlim sharoitida “Bist” va “Bist-M” biopreparatlari tarkibiga kirgan assotsiativ bakteriyalarning bug‘doy va g‘o‘za o‘simliklarining o‘sishi va azot bilan oziqlanishiga ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mikrob preparatlardan qishloq xo‘jaligi amaliyotida foydalanishning ekologik jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Xorazm viloyati agroiqlim sharoitida bug‘doy hosildorligini oshirish uchun “Bist” va “Bist-M” biopreparatlari bilan “Tanya”, “Asr”, “Yaksart” va “Yonbosh” navlari urug‘larga ishlov berish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 28 sentyabrdagi 02-02/8-2190-son ma’lumotnomasi). Natijada, bug‘doy o‘simliklarini azot bilan oziqlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan holda, optimal o‘sishi va rivojlanishi yaxshilangan, hamda qo‘shimcha sifatida 3,2-5,0 s/ga hosidorlik oshishi imkonini bergan;
“Bist” biopreparati bilan g‘o‘za o‘simliklari “S-6524” navi urug‘lariga ishlov berish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 26 noyabrdagi 02/T-8-3997-son ma’lumotnomasi). Natijada, og‘ir metallarni akkumulyasiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, har gektar g‘o‘za maydonlaridan qo‘shimcha sifatida 3,0-4,0 s/ga hosil olish imkonini bergan.