Umarov Otabek Rafoilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buxoro vohasi turli darajada sho‘rlangan tuproqlarining mikrobiologik faolligi va unga tabiiy hamda antropogen omillarning ta’siri», 03.00.13 – Tuproqshunoslik, 03.00.04 – Mikrobiologiya va virusologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/B377.
Ilmiy rahbarlar: Artikova Hafiza Tuymurodovna, biologiya fanlari doktori, dotsent; Ortikov Tulkin Kuchkarovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi RhD.03/30.12.2019.V.05.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qodirova Dilrabo Abdukarimovna, biologiya fanlari doktori, dotsent; Shakirov Zair Saatovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli darajada sho‘rlangan o‘tloqi allyuvial tuproqlarning mikrobiologik va fermentativ faolligi, undagi jarayonlarning dinamikasi hamda ularga turli xil tabiiy va antropogen omillarning, jumladan tuproq sho‘rlanish darajasi, tuz tarkibi ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro vohasi turli darajada sho‘rlangan o‘tloqi allyuvial tuproqlarining umumfizik va agrokimyoviy xossalarini sho‘rlanish darajasiga bog‘liq holda o‘zgarishi isbotlangan;
voha tuproqlarining mikrobiologik va fermentativ faolligini sho‘rlanish darajasiga bog‘liq holda o‘zgarib borish mavsumiy dinamikasi aniqlangan;
turli darajada sho‘rlangan o‘tloqi allyuvial tuproqlarning mikrobiologik va fermentativ faolligini shakllanishiga turli xil tabiiy va antropogen omillarning ta’siri ochib berilgan;
turli darajada sho‘rlangan o‘tloqi allyuvial tuproqlar singdirish sig‘imi, singdirilgan kationlar ulushi va nisbati aniqlangan;
sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlarining tuz rejimi hamda mikrobiologik-fermentativ faolligi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘lanishlar isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro vohasi turli darajada sho‘rlangan tuproqlarining mikrobiologik faolligi va unga tabiiy hamda antropogen omillarning ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sug‘oriladigan erlarining 1:5000 masshtabli sho‘rlanganlik tipi va darajasi bo‘yicha xaritanomasi Buxoro viloyati Shofirkon tumani “G‘afur Jo‘ra”, “Azim Qahramon” va “Shofirkon nurli tong omad” fermer xo‘jaliklaridagi jami 106 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 31 avgustdagi 02/022-3610-son ma’lumotnomasi). Natijada, sho‘r yuvish tuproq tarkibidagi tuzlar miqdori, tipi, darajasi va mexanik tarkibidan kelib chiqqan holda tuzilgan sho‘rlanish kartogrammasi asosida amalga oshirilgan. Bunda tarkibida natriy va magniy kationi me’yoridan yuqori bo‘lgan joylar oldin gips yordamida kimyoviy melioratsiya qilingan va sho‘r yuvish undan keyin o‘tkazilgan. Bu esa tuproq mikrobiologik faolligini oshirgan.
kuchsiz, o‘rtacha va kuchli sho‘rlangan o‘tloqi allyuvial tuproqlarning meliorativ holati, mikrobiologik faolligi va agrokimyoviy xossalarini yaxshilash bo‘yicha sho‘rlanish tipi va darajasidan kelib chiqib berilgan differensial tavsiyalar asosidagi ishlab chiqilgan agrotexnologiyalar Buxoro viloyati Shofirkon tumani “G‘afur Jo‘ra”, “Azim Qahramon” va “Shofirkon nurli tong omad” fermer xo‘jaliklaridagi jami 106 gektar sug‘oriladigan erlarga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 31 avgustdagi 02/022-3610-son ma’lumotnomasi). Natijada, fermer xo‘jaliklari tuproqlarida ilmiy tavsiyalarga asoslangan agrotexnologik tadbirlarni olib borish tuproq meliorativ holatini yaxshilash, tuproq mikrobiologik faolligi va unumdorligini hamda ekinlar hosildorligini oshirish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish