Karimova Bibixol Xayrullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mehribonlik uylari boshlang‘ich sinf tarbiyalanuvchilarida milliy g‘ururni hadislar asosida shakllantirish», 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3. PhD /Ped 1070.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Mahmudov Yusup G‘anievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Ro‘zieva Dilnoz Isomjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Shadiev Narziqul, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mehribonlik uylari boshlang‘ich sinf tarbiyalanuvchilarida milliy g‘ururni hadislar asosida shakllantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mehribonlik uylari boshlang‘ich sinf tarbiyalanuvchilarida milliy g‘ururni hadislar asosida rivojlantirishda bag‘rikenglik tushunchasi g‘oya, nazariya, qonuniyatlardan muammoli vaziyatlarda foydalanish, diniy va dunyoviy ilmlarni “Muammo” va o‘yin texnologiyalari vositasida darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘zaro uyg‘unlashtirish, integratsiyalash, meditatsiya metodlariga ustuvorlik berish asosida rivojlantirilgan;
mehribonlik uylari boshlang‘ich sinf tarbiyalanuvchilarida milliy g‘ururni hadis namunalari vositasida psixologik, ma’naviy tarbiyalash tizimining aksiologik, qadriyatli, tizimli faoliyatli, rivojlantiruvchi kabi komponentlari va tayanch kompetensiyalari mazmuni “Sinkveyn”, “Art”, “Event” texnologiyalari vositasida improvatsiya va refleksivlik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan;
mehribonlik uylari boshlang‘ich sinf tarbiyalanuvchilarida milliy g‘ururni hadislardan foydalanib tarbiyalash mazmuni va shakli tarbiya jarayoniga hayotiy vaziyatlarni turli xil sohasidagi bilimlarini takomillashtirish ”Axborot uzatish”, “Yomg‘ir”, “Bingo” metodlarini natijaviylik, mantiqiylik tamoyillarini qo‘llash asosida muvofiqlashtirilgan;
mehribonlik uylari boshlang‘ich sinf tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur psixologik, pedagogik, texnologik, integrativ topshiriqlarni shaxsiy ijtimoiy tajriba, mustaqillik, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik kabi kompetensiyaviy yondashuv mezonlariga muvofiq bajarish, interfaol ta’lim texnologiyalari va didaktik vositalarni qo‘llash asosida shakllantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mehribonlik uylarining boshlang‘ich sinf tarbiyalanuvchilarida milliy g‘ururni hadislar asosida:
mehribonlik uylari boshlang‘ich sinf tarbiyalanuvchilarida milliy g‘ururni hadislar asosida rivojlantirishda bag‘rikenglik tushunchasi g‘oya, nazariya, qonuniyatlardan muammoli vaziyatlarda samarali foydalanish, diniy va dunyoviy ilmlarni uyg‘unlashtirish, integratsiyalash “Tarbiya” o‘quv fanlari mazmuni asosida meditatsiya metodlariga ustuvorlik berish orqali singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 iyuldagi 89-03-2435-son ma’lumotnomasi, Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika Ta’lim markazining 2019 yil 6 dekabrdagi 01/11-01/01-2557-son ma’lumotnomasi). Natijada, mehribonlik uylari boshlang‘ich sinf tarbiyalanuvchilarida milliy g‘ururni hadislar asosida shakllantirishda hamkorlikda ishlash mazmuni boyitilgan, sifati va samaradorligi oshirilgan;
mehribonlik uylari boshlang‘ich sinf tarbiyalanuvchilarida milliy g‘ururni hadis namunalari vositasida psixologik - ma’naviy tarbiyalash tizimi komponentlariga imkon beruvchi zamonaviy texnologiyalardan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil qilishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 iyuldagi 89-03-2435-son ma’lumotnomasi, Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika Ta’lim markazining 2019 yil 6 dekabrdagi 01/11-01/01-2557-son ma’lumotnomasi). Natijada, mehribonlik uylarining boshlang‘ich sinf tarbiyalanuvchilarida milliy g‘ururni hadislar asosida shakllantirishda aniqlangan omillardan Mehribonlik uylari boshlang‘ich sinf tarbiyalanuvchilarining darsdan tashqari mashg‘ulotlarini tashkil etishda foydalanilgan;
mehribonlik uylari boshlang‘ich sinf tarbiyalanuvchilarida milliy g‘ururni hadislar asosida shakllantirishga qaratilgan interfaol ta’lim texnologiyalaridan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda foydalanilgan. (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 iyuldagi 89-03-2435-son ma’lumotnomasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining 2019 yil 3 dekabrdagi 01/543-son ma’lumotnomasi, Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika Ta’lim markazining 2019 yil 6 dekabrdagi 01/11-01/01-2557-son ma’lumotnomasi). Natijada, mehribonlik uylari boshlang‘ich sinf tarbiyalanuvchilarida milliy g‘ururni hadislar asosida shakllantirishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish sifati va samaradorligi ta’minlangan.