Azizov Mirzoxid Mirzolim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini darsdan tashqari vaqtlarida sog‘lomlashtirish skandinaviya usulida yurishni qo‘llash”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2304.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12. 2019.Ped 28.01.
Ilmiy rahbar: Kerimov Fikrat Azizovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Usmonxodjaev Tal’at Saidovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Kipchakov Baxodir Baxritdinovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga skandinaviya usulida yurishni innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida qo‘llash orqali o‘quvchilar salomatligini mustahkamlash, funksional rivojlantirish va jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy holatidan kelib chiqib skandinaviya usulida yurishda darsdan tashqari mashg‘ulotlar uchun yordamchi va maxsus jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash hamda funksional bazani yaratishga yo‘naltirilgan  uch bosqichli (tripple control) metodikani ishlab chiqish hisobiga o‘quvchilarga berilayotgan yuklamani maqsadli boshqarish imkoniyati takomillashtirilgan; 
skandinaviya usulida yurish bilan shug‘ullanuvchi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining antropometrik, morfofunksional va jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini inobatga olib harakatli o‘yinlar, gimnastika va skandinaviya tayoqchalari yordamida bajariladigan maxsus mashqlar majmuasini beshta metodik  blokka jismoniy sifatlarga ta’siri bo‘yicha mashg‘ulotga kiritish hisobiga skandinavcha yurish texnikasiga o‘rgatish metodikasi takomillashtirilgan;
darsdan tashqari vaqtlarda skandinaviya usulida yurish bilan shug‘ullanuvchi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini salomatligini mustahkamlash, funksional rivojlantirish hamda jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishga yo‘naltirilgan innovatsion mashg‘ulot dasturiga yurish tezligi, mashg‘ulot darajasi, mashqni davomiyligi, takrorlanish soni, musobaqa rejimi va tiklanish jarayonini aniqlovchi (Skan.Xod-2) metodikani  ishlab chiqish hisobiga o‘quvchilarning mustaqil nazariy va amaliy o‘zlashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining funksional rivojlanishi, jismoniy tayyorgarligi hamda salomatlik holatini baholash ko‘rsatkichlari bo‘yicha vaqt birligi ichida bosib o‘tgan masofasini haftalik mashg‘ulotlar soniga nisbatan yig‘ilgan ballarini majmuaviy nazorat qilish uchun hozirlovchi mashqlar tizimini (harakatli o‘yinlar, gimnastika va skandinaviya tayoqchalari yordamida bajariladigan maxsus mashqlar) ishlab chiqish hisobiga skandinaviya usulida yurish mashg‘ulotlarining organizmga ta’sir etish imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsdan tashqari vaqtlarida sog‘lomlashtiruvchi Skandinaviya usulida yurishni ko‘llash orqali olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining skandinaviya usulida yurishda darsdan tashqari mashg‘ulotlar uchun yordamchi va maxsus jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash hamda funksional bazani yaratishga yo‘naltirilgan uch bosqichli (tripple control) metodikasi Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani 2 – umumta’lim maktabida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining 2021 yil 8 iyuldagi buyrug‘iga asosan 11872-raqamli guvohnoma). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichi 12,1 % ga, salomatlik, jismoniy tayyorgarlik darajasi 11,9 % ga oshganligi aniqlangan;
o‘quvchilarining umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda, harakatli o‘yinlar, gimnastika va skandinaviya tayoqchalari yordamida bajariladigan, jismoniy sifatlarga ta’siri bo‘yicha beshta metodik blokka taqsimlangan  maxsus mashqlar majmuasi 2 – umumta’lim maktabida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi 2021 yil 29 noyabrdagi 03-17-02/11072-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsdan bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishga, salomatlik darajasi, morfofunksional holati oshirishga, umumiy jismoniy tayyorgarlik  ko‘rsatkichlari 11,5 % ga, maxsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari  12,3 % ga yaxshilanishiga erishilgan;
darsdan tashqari vaqtlarida skandinavcha yurish bilan shug‘ullanuvchi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini salomatligini mustahkamlash, funksional rivojlantirish va jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish maqsadida (Skan.Xod-2) innovatsion mashg‘ulot dasturi Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani 2-umumta’lim maktabida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining 2021 yil 20 oktyabrdagi buyrug‘iga asosan 12768-raqamli guvohnoma). Natijada chidamlilik sifati 13,7 % ga, Tezlik-kuch sifati 11,6 % ga, chaqqonlik sifati 10,7 % ga, egiluvchanlik sifati  9,8 % ga rivojlantirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining  jismoniy tayyorgarligi hamda sog‘lik holati bo‘yicha yig‘ilgan ballarni majmuaviy nazorat qilish uchun hozirlovchi mashqlar tizimi Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani 2 – umumta’lim maktabida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi 2021 yil 29 noyabr`dagi 03-17-02/11072-son ma’lumotnomasi). Natijada turli xil jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning salomatligini saqlash va mustahkamlashga yordam berib, jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichi 12,5 % ga yaxshilangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish