Kaxxarova Diloro Jamoliddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tish restavratsiyasida kompozit ashyolarining adgeziyasini mukamallashtirishning zamonaviy jihatlari», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib172.
Ilmiy rahbar: Mel`kumyan Timur Vladimirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Belenova Irina Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Gulyamov Sur’at Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Marat Ospanov nomidagi g‘arbiy Qozog‘iston davlat tibbiet universiteti (Qozog‘iston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kompozit restavratsiyalar adgeziyasi sifatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ammoniy xlorid asosli gemostatik agentining tish dentiniga salbiy ta’siri oqibatida dentin oyoqchalari soni va ular uzunligini kamayishi isbotlangan;
ilk bor Ultra Test Machine uchun tish dentiniga mineral va shishaionomer sementlarning adgeziya kuchini aniqlash takomillashtirigan;
ilk bor shishaionomerga nisbatan fosfat sementdan tayyorlangan chegaralovchi taglik yuzasiga fotopolimer adgeziyasini ustunligi bilan namoyon bo‘luvchi fosfat va shishaionomer sementga kompozit materialning adgeziya kuchi aniqlangan;
ilk bor rN ko‘rsatkichi past bo‘lgan shishaionomerdan tayyorlangan chegaralovchi taglikga nisbatan yuqori rN ga ega fosfat sementli chegaralovchi taglikni qo‘llanilishi o‘rta kariesni davolashda tishlar sezgirligini tez me’yorlashishiga olib kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tish restavratsiyasida kompozit ashyolarining adgeziyasini mukamallashtirishning zamonaviy jihatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
fosfat va shishaionomer sementni tish dentiniga adgeziya kuchini baxolash bo‘yicha tadkikotning ilmiy natijalari asosida ishlab chikilgan «Tish dentiniga fosfat va shishaionomer sementlarning adgeziyasi» (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 noyabrdagi 8n-r/1027-son ma’lumotnomasi) nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqdangan. Ushbu tavsiyanoma tajribalarda tish dentiniga fosfat va shishaionomer sementning adgeziya kuchini baxolashga, hamda fosfat va shishaionomer sementni kompozit material bilan birikish kuchini aniqlashgan imkon bergan.
Filtek Z250 kompozit materialidan tayyorlangan restavratsiyalar sifatini klinik baholash bo‘yicha tadkikotning ilmiy natijalari asosida ishlab chikilgan «Tishlarni kompozit plomba ashyolar bilar tiklashda adgeziv protokollarni klinik baholash» (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 noyabrdagi 8n-r/1028-son ma’lumotnomasi) nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan. Ushbu uslubiy tavsiyanoma restavratsiya klinik holatini baholashga va soddalashtirilgan spirtli va nam bayonnomalarni o‘tkazilgandan keyingi muddatlarni me’yorlashiga, fosfat va shishainomer sementli chegaralovchi tagliklarni qo‘llashga, xamda ularni noxush ta’sirotlarini e’tiborga olgan xolda gemostatik preparatlarni qo‘llashga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish