Ibragimov Abdumalik Azizovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bis-azo-timolilokarbamatlarning hosilalari texnologiyasini ishlab chiqish va ularning bo‘yovchilik xossalarini o‘rganish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T386.
Ilmiy rahbar: Maxsumov Abduxamid Gafurovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Teshabaeva Elmira Ubaydullaevna, texnika fanlari doktori, dotsent; Mirxamitova Dilorom Xudayberdievna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bis- fenil-azo-timolil-karbamat hosilalarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dimetilformamid, trietilamin muhitidagi fenil-azo-timollar bilan almashtirilgan alifatik diizotsianat asosida 98% gacha yuqori chiqish bilan N,N′-polimetilen bis-[(x-fenil-azo-timolil)-karbamat] olish usuli ishlab chiqilgan;
bis-karbomoillash reaksiyalari asosida 2-metilfenil-azo-timol, 2-xlorfenil-azo-timol va 4-nitrofenil-azo-timol olingan;
N, N′-polimetilen bis-[(x-fenil-azo-timolil)-karbamat] hosil qilish mexanizmining taxminiy nazariy konsepsiyasi ishlab chiqilgan;
olingan N,N′-dimetallash, N,N′-dialkillash birikmalarning kimyoviy xossalari aniqlangan;
bis - [(x-fenil-azo-timolil)-karbamat]ning N-N guruhlari reaksion markazlari SN3ONa, (S2H5ONa), CH3CH(J)CH3, C2H5J bilan reaksiyaga kirishishi va N,N′-dinatriy; N,N′-dietil-, N,N′-diizopropil hosilalar hosil bo‘lishi isbotlangan;
substratlar va reagentlar tuzilishi, erituvchilarning tabiati, o‘zaro ta’sirning harorati va vaqtning reaksiya yo‘nalishi va reaksiya natijasida olingan mahsulotning hosil bo‘lishiga ta’siri aniqlangan;
ilk bor bis-fenil-azo-timolil-karbamatlar hosilalarini qoldiqsiz olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bis- fenil-azo-timolil-karbamat hosilalarini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
antioksidant xossasiga ega bo‘lgan oligomer stabilizatorni olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 04208, 2006 y.). Natijada, antioksidant xossasiga ega bo‘lgan oligomer stabilizatorni ishlab chiqarish imkonini bergan;
maxalliy xoashyolar asosida N,N′-polimetilen bis-[(x-fenil-azo-timolil)-karbamat] olish texnologik jarayoni «O‘zkimyosanoat» AJning «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kirtilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2021 yil 23 iyundagi 23-3-1171-son ma’lumotnomasi). Natijada, lok-bo‘yoq materiallari, polimerlar va biologik faol moddalar ishlab chiqarishni xomashyosini maxalliylashtirish imkonini beradi;
N,N′-polimetilen bis-[(x-fenil-azo-timolil)-karbamat] asosida lok-bo‘yoq materiallari, polimerlar va biologik faol moddalar olish texnologiyalari «O‘zkimyosanoat» AJning «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga («O‘zkimyosanoat» AJning 2021 yil 23 iyundagi 23-3-1171-son ma’lumotnomasi). Natijada, lok-bo‘yoq materiallari, polimerlar va biologik faol moddalar ishlab chiqarishni maxalliylashtirish va tan narxini 50% kamaytirish imkonini beradi.