Paxratdinov Alpamis Abdirashitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Modifikatsiyali beton va ikkilamchi tӯldiruvchilardan foydalanib samarali temirbeton tӯsin olish texnologiyasini ishlab chikish», 05.09.05- “Qurilish materiallari va buyulari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T1483.
Ilmiy rahbar: Il`yasov Allanazar Torexanovich, texnika fanlari bӯyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universiteti».
Toshkent arxitektura-qurilish instituti. DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Baxodirov Azizbek Abdulazizovich hamda texnika fanlari nomzodi, dotsent Shokirov Tuygunjon Turgunovich.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ikkilamchi tӯldiruvchilardan foydalanib samarali beton qorishmasi tarkiblari va ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ikkilamchi tӯldiruvchilardan tayyorlangan betonlarda to‘ldiruvchi yuzasidagi qoldiq qum-sement qorishmasi va plastifikator ta’sirini hisobga olgan xolda strukturaning shakllanishi asoslangan;
ikkilamchi tӯldiruvchilardan tayyorlangan beton mustahkamligining suv-sement nisbati, mayda va yirik to‘ldiruvchilar nisbati va miqdori shuningdek, plastifikator miqdoriga bog‘liqligini ifodalovchi matematik model` ishlab chiqilgan;
ikkilamchi tӯldiruvchilardan tayyorlangan beton qorishmasining reologik xossalari va qotgan betonning o‘rtacha zichligiga nisbatan betonlarning fizik-mexanik va ekspluatatsion xossalari aniqlangan;
ikkilamchi tӯldiruvchilardan foydalanib temirbeton buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi - qurilish ishlab chiqarishining atrof-muhitga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirini, ish zonasidagi havo tarkibidagi qumli chang miqdorini ikki martadan ko‘proqqa pasaytirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Modifikatsiyali beton va ikkilamchi tӯldiruvchilardan foydalanib samarali temirbeton tӯsin olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ikkilamchi chaqiq toshlar asosidagi betonning ishlab chiqilgan tarkibi «STROY VEKTOR PLUS» XK va «CONCRETE BULID» TBB MChJda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish Vazirligining 2021 yil 14 oktyabrdagi 01-07/01-2071-son ma’lumotnomasi). Natijada foydalanilayotgan to‘ldiruvchilar narxiga nisbatan ikki barobar arzon ikkilamchi to‘ldiruvchilardan foydalanish imkonini bergan. Natijada “1.038.1-1 seriyali” GOST 948-84 talablariga javob beruvchi temirbeton standart konstruksiyalarini ishlab chiqarishga erishilgan.