Haqnazarova Oydin Dilmurodovnananing
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bosiluvchi materiallarni xossalarini hisobga olgan holda fleksografik bosma sifatini prognozlash” 05.02.03 –“Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/1141
Ilmiy rahbar: Babaxanova Xalima Abishevna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar:
Ixtiyarova Gulnora Akmalovna, kimyo fanlari doktori, professor;
Gromiko Irina Grigor`evna texnika fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy xomashyodan olingan polietilen plyonkaning xossalarini hisobga olgan holda fleksografik bosma sifatini prognozlash usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
matbaa sohasida qo‘llash uchun “Masterbach” oq bo‘yovchi moddasini turlicha nisbatlarida qo‘shish hisobiga mahalliy xomashyodan polietilen plyonkalarni ishlab chiqarishning resurstejamkor texnologiyasi takomillashtirilgan;
cho‘zilishning fizik modeliga asosan statik cho‘zish tajriba sinovlari bo‘yicha polietilen plyonkalarda «kuchlanish – deformatsiya» diagrammasida deformatsiyalarning relaksatsion tavsifini hisobga oluvchi tortish kuchlarining rivojlanish mexanizmi nazariy aniqlangan;
ikki xil usulda tayyorlangan qolip va UF hamda organik erituvchilar asosidagi bosma bo‘yoqlarda olingan nusxalarni tahlil qilish asosida mahalliy xomashyodan olingan polietilen plyonka xossalarining fleksografik bosma sifatiga bog‘liqligi aniqlangan;
nusxa optik zichligi va polietilen plyonkaning qalinlik, yaltiroqlik hamda termabarqarorlik ko‘rsatkichlari qiymatlari orasidagi matematik bog‘lanishni aniqlash asosida fleksografik bosma sifatini prognozlash va baholashning texnologik echimlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Mahalliy xomashyodan olingan polietilen plyonkaning xossalarini hisobga olgan holda fleksografik bosma sifatini prognozlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ishlab chiqilgan texnologik reglament «BRIZZ» MChJ korxonasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2021 yil 19 oktyabrdagi 06-4269-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida etiketka-qadoqlash mahsulotlarini sifat ko‘rsatkichlari yaxshilangan, xomashyo sarfini 19-27% gacha kamaytirishga erishilgan, matbaa korxonalarida ichki va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish imkoni yaratilgan;
mahalliy xomashyodan olingan polietilen plyonka «ASILBEK NURLI KELAJAK» XKga joriy qilingan. Natijada fleksografik bosma sifatini baholash uchun nusxalarining gradatsion va rang tavsifnomalari aniqlangan, xomashyo sarfini 19-25% gacha kamaytirishga erishilgan.