Tursunova Dilrabo Kudratillaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):  “Bolalar profilaktik poyabzallari konstruksiyasini takomillashtirish”,  05.06.03 – «Teri, mo‘yna, poyabzal va teri-galantereya buyumlari texnologiyasi » (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T1187
Ilmiy rahbar: Ilxamova Maloxat Utkurovna, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar:  Nigmatova Fatima Usmanovna, texnika fanlari doktori, professor; Musaev Sayfullo Safoevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalar oyoq panjalari deformatsiyalanishning oldini olish uchun profilaktik poyabzal konstruksiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
maktabgacha yoshdagi bolalar oyoq panjasining antropometrik xususiyatlarini hisobga olgan holda bolalar profilaktik poyabzali takomillashtirilgan konstruktiyasi ishlab chiqilgan, uning tovon qismi bog‘lamining bikirligi qo‘llanilgan materiallarni va tanovorni yig‘ish texnologik parametrlarini o‘zgartirish orqali erishilgan;
antropometrik tadqiqot ma’lumotlari asosida maktabgacha yoshdagi bolalar oyoq panjalarning o‘lchamlari (uzunligi va aylanasi) o‘rtasidagi bog‘liqlik asoslangan;
o‘tkazilgan antropometrik tadqiqotlar asosida profilaktik qo‘yma patak bog‘lam detallarining uzunligi, kengligi, balandligi joylashish kabi konstruktiv parametrlari aniqlangan va bolalar oyoq panjalari deformatsiyasining tarqalishi foizlarda aniqlangan;
eksperimental tadqiqotlar asosida tanavorni yig‘ishda poyabzal ustki materiallar to‘plamining bikirligi o‘zgarishi biriktiruvchi ip  texnologik parametrlarga (choklar yo‘nalish burchagi, choklar orasidagi masofa, iplarining qalinligi) bog‘lanishlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Profilaktik xususiyatlarga ega bolalar poyabzali konstruksiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
profilaktik poyabzallarni yangi konstruksiya asosida ishlab chiqarish uchun texnologik reglament "NAFIS" MChJda joriy etilgan ("O‘ZChARMSANOAT" uyushmasining 2021 yil 8 noyabrdagi FB-7/2901-sonli ma’lumotnoma). Natijada amalga oshirilgan ishlanmalarning joriy etilishi bolalar profilaktik poyabzallarining gigienik va qulay xususiyatlarini yaxshilash, xamda bikir dastakga ishlatiladigan taglik charmni 47,6% kamaytirishga imkoniyat yaratilgan;
bolalar profilaktika poyabzalining ishlab chiqilgan modellari "SKOROXOD ZAKAZ SERVIS" MChJ va "MONOMAX" MChJda joriy etilgan ("O‘ZChARMSANOAT" uyushmasining 2021 yil 8 noyabrdagi FB-7/2901-sonli ma’lumotnoma). Natijada import o‘rnini bosuvchi mahsulotlardan foydalanish natijasida bolalar oyoq patologiyasi xavfi kamaygan, profilaktika xususiyatlariga ega bolalar poyabzali assortimenti kengaytirilgan; 
AutoCAD tizimida bolalar poyabzallarini avtomatlashtirilgan seriyali gradatsiya usuli "SADIKOV OLIMJON NABIXO'JAEVICH" XK da joriy etilgan ("O‘ZChARMSANOAT" uyushmasining 2021 yil 8 noyabrdagi FB-7/2901-sonli ma’lumotnoma). Natijada bolalar poyabzalini yangi modellarni ishlab chiqarish va etkazib berish muddatini 31% ga qisqartirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish