Ro‘zmetov Fazliddin Sharifboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Beton lomidan olingan ikkilamchi to‘ldiruvchilar asosidagi sementli betonning struktura xosil qilishi qonuniyatlari va texnologiyasi», 05.09.05- “Qurilish materiallari va buyumlari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2424
Ilmiy rahbar: Maxamataliev Irkin Muminovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Toshkent davlat transport universiteti».
Toshkent arxitektura-qurilish instituti xuzuridagi DSc.26/30.12.2019.T.11.01. raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor v.b. Kasimov Ibraxim Irkinovich hamda texnika fanlari nomzodi, professor Gaziev Uchqun Abdullaevich.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bino va inshootlarning buzilishidan xosil bo‘luvchi beton lomidan olingan ikkilamchi to‘ldiruvchilar asosidagi turli samarali sementli betonlarning tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ikkilamchi to‘ldiruvchining sementli betonlar tarkibida kamaytirilgan kapillyar g‘ovaklikli kontakt zonasining va sement toshi bilan to‘ldiruvchi o‘rtasida yuqori mustaxkam birikishning hosil bo‘lishiga olib keluvchi gidravlik faollikka ega bo‘lishi ochib berilgan;
sementning oddiy M400 markasi uchun ikkilamchi to‘ldiruvchi asosida mustaxkamlik bo‘yicha sinfi V25 gacha bo‘lgan modifikatsiyalangan betonlar olish mumkinligi asoslab berilgan;
ilk bor sementning oddiy M400 markasi uchun ikkilamchi to‘ldiruvchi asosida mustaxkamlik bo‘yicha V35 sinfiga mansub kompleks modifikatsiyalangan beton olish imkonini beruvchi yuqori xarakatchan beton qorishmasining tarkibi ishlab chiqilgan;
maxalliy xom ashyo va materiallardan foydalanib ikkilamchi to‘ldiruvchi asosida mustaxkamligi 50 MPa ga etuvchi o‘zi zichlanuvchi beton ko‘rinishidagi kompleks modifikatsiyalangan betonning tarkibi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Beton lomidan olingan ikkilamchi to‘ldiruvchilar asosidagi sementli betonning struktura xosil qilishi qonuniyatlari va texnologiyasini tadqiqot qilishdan olingan ilmiy natijalar asosida:
ikkilamchi chaqiq tosh asosida ishlab chiqariladigan beton tarkiblari “Toshkent Teknologik Qurilish” MChJ korxonasida amaliyotga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2021 yil 05/15-2910-son ma’lumotnomasi). Natijada maxsulotning tannarxini 10-15% ga kamaytirish imkoniyati yaratilgan. Olinadigan iqtisodiy samara 1 m3 yig‘ma beton uchun 50,2 ming so‘m, bir yilda esa 321,3 mln. so‘mni tashkil etgan.