Mamatov Xamidulla Abdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yangi avlod kompleks qo‘shimchali ko‘pikbeton strukturasi va texnologiyasi», 05.09.05- “Qurilish materiallari va buyulari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1366.
Ilmiy rahbar: Samigov Nigmatjan Abduraximovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Toshkent shahridagi Tashkent arxitektura-qurilish instituti».
Toshkent arxitektura-qurilish instituti. DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Xodjaev Saidaglo Agloevich hamda texnika fanlari nomzodi, professor Sattorov Zafar Murodivich.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy xomashyolar asosidagi kompleks polimer-mineral qo‘shimchalar bilan modifikatsiyalangan ko‘pikbetonning xossalarini o‘rganish va energiya tejamkor texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ko‘pik hosil qiluvchi va KDj-3SMB kompleks kimyoviy qo‘shimchasining ta’sirini xisobga olgan xolda modifikatsiyalangan ko‘pikbetonda struktura xosil bo‘lish mexanizmi asoslangan;
kompleks qo‘shimcha va alyumosilikat mikrosfera miqdoriga nisbatan modifikatsiyalangan ko‘pikbetonning xossalariga ta’sir etish mexanizmi aniqlangan;
modifikatsiyalangan ko‘pikbeton tarkibidagi mineral bog‘lovchi, mayda to‘ldirgich va ko‘pik hosil qiluvchi miqdorini o‘zgarishi orqali qotgan betonning o‘rtacha zichligi va mustahkamligi boshqarish mumkinligini ifodalovchi matematik regressiya tenglamalari ishlab chiqilgan;
foydalaniladigan kompleks qo‘shimcha, faol mineral qo‘shimcha va mineral to‘ldirgichdan foydalanish xisobiga modifikatsiyalangan ko‘pikbeton ishlab chiqarishning energiya tejamkor texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yangi avlod kompleks qo‘shimchalar qo‘shilgan ko‘pikbetonning tarkiblarini loyihalash va xossalarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
KDj-3SMB kompleks kimyoviy qo‘shimchasi bilan modifikatsiya qilingan ko‘pikbeton tarkiblari devorbop bloklar, ishlab chiqarish uchun Namangan shahridagi “NAMANGAN TEMIR BETON ZAVODI” MChJ zavodida joriy qilingan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2021 yil 01 noyabrdagi 05/15-2717-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘pikbeton qorishmasining suvga talabchanligini 15-20% kamaytirish imkonini bergan;
KDj-3SMB kompleks kimyoviy qo‘shimchasi bilan modifikatsiya qilingan ko‘pikbeton tarkiblari to‘suvchi devorlar uchun ariqcha-taroqli bloklar ishlab chiqarish uchun Namangan shahridagi “NAMANGAN TEMIR BETON ZAVODI” MChJ zavodida joriy qilingan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2021 yil 01 noyabrdagi 05/15-2717-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘pikbeton qorishmasining sement sarfini 15-25% ga kamaytirish imkonini bergan;
KDj-3SMB kompleks kimyoviy qo‘shimchasi bilan modifikatsiya qilingan ko‘pikbeton tarkiblari devorbop bloklar, to‘suvchi devorlar uchun ariqcha-taroqli devorbop bloklar ishlab chiqarish uchun Namangan shahridagi “NAMANGAN TEMIR BETON ZAVODI” MChJ zavodida joriy qilingan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2021 yil 01 noyabrdagi 05/15-2717-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘pikbeton qorishmasining suvga talabchanligini 15-20% va sement sarfini 15-25% ga kamaytirish imkonini bergan.