Asadulleav Doniyor Ravshan o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fon tarmog‘i nomi): «Bolalarda xazm tizimi yot jismlarining tashxisoti va davolashni takomillashtirish», 14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib1030.
Ilmiy rahbar: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Xadjibaev Farxod Abduxakimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ergashev Baxtiyor Bedialievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertaiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda oshqozon ichak tizimi yot jismlarining tashxisoti hamda davolashning shoshilinch taktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda oshqozon ichak tizimida yot jismlarining o‘tkir, to‘mtoq va murakkab turlarining bolalarning psixologik xususiyatlarni hisobiga anatomik-funksional xususiyatlari va klinik namoyon bo‘lishi,  yot jismning hamda shikastlanish darajasiga bog‘liqligi asoslangan;
bolalarda diskli elektr quvvatlagichlarning ikkita doira ko‘rinishini inobatga olgan holda va qizilo‘ngach shilliq qavati kuydirish va teshish asoratlari hisobiga rentgenologik differensial-tashxisot tartibi isbotlangan;
oshqozon ichak tizimidagi turli yot jismlarning endoskopik tavsifi va ulardan kelib chiqqan asoratlarning darajalari isbotlangan;
yot jismniing xazm tizimida turib qolishi, shuningdek, ingichka ingichka ichak qoliib ketishi natijasida videolaproskopik jarroxlik amaliyoti samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda hazm tizimi yot jismlarining tashxisoti va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bolalarda hazm tizimi yot jismlarining tashxisoti va davolash samaradorliginii oshirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqiqlgan «Oshqozon ichak tizimida elektr quvvatlagichlarni (bateriyka) tashxislash va davolash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 6 oktyabrdagi 8n-d/322-son ma’lumotnomasi). Natijada oshqozon ichak tizimida elektr quvvatlagichlar va boshqa yot jismlarni samarli erta  tashxislash va ularning salbiy oqibatlarni oldini olish va davolash  taktikasini tanlash va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
bolalarda hazm tizimi yot jismlarining tashxisoti va davolashni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qoralopog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatlari filiallarining klinik amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 14 dekabrdagi 08/09/19740-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi bolalarda hazm tizimi yot jismlarining tashxisoti va davolashning o‘ziga xos imkoniyatlarini kasalxonaga murojaat qilgandan so‘ng dastlabki 12 soatda oshqozonda diskli elektr quvvatlagichlarni bolalarni tashxislash va davolashni taklif etilgan taktikasini qo‘llash asoratlarni rivojlanish sonini 19%dan 0%gacha kamaytirish, diskli elektr quvvaatlagichlarni yutib yuborilgandan so‘ng dastlabki ikki soatda endoskopik retraksiyani bajarilishi, bolalarni shifoxonalarida bo‘lish muddatini 24 soatdan keyin murojaat qilgan bolalarga nisbatan o‘rtacha 4,5 kundan 2 kungacha qisqartirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish