Madaliev Tulkunjon Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslikshifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklari xizmatlarining foiz stavkasi va tarifini shakllantirishni takomillashtirish”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt497.
Ilmiy maslahatchi: Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Malikov Tohir Sattorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kulliev Istam Yangimurodovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklari xizmatlarining foiz stavkasi va tarifini shakllantirishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bank tarif siyosatini takomillashtirish maqsadida tariflarning individual, hududiy, imtiyozli va muddatli turlaridan foydalanishni nazarda tutish asoslangan;
aholi va tadbirkorlar uchun xizmatlar to‘plami (paketi)ni ishlab chiqish hamda ularni qulaylashtirilgan tariflarda taqdim qilgan holda bank yalpi daromadi tarkibida foizsiz daromadlar hajmini oshirish taklif qilingan;
bankning depozit va kreditlari foiz stavkalarini shakllantirishda ularning shartlarida an’anaviy xizmatlarni qulay shaklda taqdim etish orqali barqaror resurs manbai hisoblangan muddatli va jamg‘arma depozitlarga mablag‘larni keng jalb qilish hamda chakana kreditlash hajmini oshirish taklif qilingan;
banklararo raqobatning xizmatlar bahosiga ta’sirini yumshatish uchun rag‘batlantirishning KPI (Key Performance Indicators) tizimini qo‘llagan holda xizmat (mahsulot)lar “kross-sotuvi”ni amalga oshirish samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklari xizmatlarining foiz stavkasi va tarifini shakllantirishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bank tarif siyosatini takomillashtirish maqsadida tariflarning individual, hududiy, imtiyozli va muddatli turlaridan foydalanishni nazarda tutish yuzasidan berilgan taklif aksiyadorlik tijorat “Turon bank”ning foizsiz daromadlariga ijobiy ta’sir etgan (“Turon bank” ATBning 2021 yil 23 martdagi 22/04-71-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif “Turon bank” aksiyadorlik tijorat banki faoliyatida qo‘llanilishi natijasida bankning yalpi daromadi tarkibidagi foizsiz daromadlar 2021 yil 1 yanvar` holatiga 128 mlrd.so‘mni tashkil qilib, 2020 yil boshiga nisbatan 18,5 foizga oshishiga erishilgan;
aholi va tadbirkorlar uchun xizmatlar to‘plami (paketi)ni ishlab chiqish hamda ularni qulaylashtirilgan tariflarda taqdim qilgan holda bank yalpi daromadi tarkibida foizsiz daromadlar hajmini oshirish yuzasidan berilgan taklifi aksiyadorlik tijorat “Turon bank” tomonidan korporativ mijozlar uchun xizmatlar paketini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Turon bank” ATBning 2021 yil 23 martdagi 22/04-71-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan aksiyadorlik tijorat “Turon bank” tomonidan “Standart”, “Turon VIP-1”, “Turon VIP-2” va “Turon VIP-3” tarif paketlarini ishlab chiqishda samarali foydalanilgan;
bank depozit va kreditlari foiz stavkasini shakllantirishda ularning shartlarida an’anaviy xizmatlarni qulay shaklda taqdim etish orqali barqaror resurs manbai hisoblangan muddatli va jamg‘arma depozitlarga mablag‘larni keng jalb qilish hamda chakana kreditlash hajmini oshirish to‘g‘risidagi taklifi aksiyadorlik tijorat “Turon bank” resurs bazasini oshishiga xizmat qildi. (“Turon bank” ATBning 2021 yil 23 martdagi 22/04-71-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida, aksiyadorlik tijorat “Turonbank”ning resurs bazasi tarkibidagi jami depozitlar 2020 yil boshiga nisbatan olganda, 2021 yil 1 yanvar` holatiga 28 foizga oshishiga erishilgan;
banklararo raqobatning xizmatlar bahosiga ta’sirini yumshatish uchun rag‘batlantirishning KPI (Key Performance Indicators) tizimini qo‘llagan holda xizmat (mahsulot)lar “kross-sotuvi”ni amalga oshirish taklifi aksiyadorlik tijorat “Turon bank” daromadining oshishiga ijobiy ta’sir qilgan (“Turon bank” ATBning 2021 yil 23 martdagi 22/04-71-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilish natijasida, bank yalpi daromadi 2020 yil boshiga nisbatan olganda, 2021 yil 1 yanvar` holatiga 49 foizgaoshishigaerishilgan.