Musaev Abduxalil Abduganievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maktabgacha yoshdagi bolalarda eshitish buzilishlarini tashxislashni takomillashtirish va davolash-reablitatsiyalarining chora tadbirlari», 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib543.
Ilmiy rahbar: Abdukayumov Abdumannap Abdumadjitovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Arifov Sayfutdin Saydazimovich, tibbiyot  fanlari doktori, professor; Bakieva Shaxlo Xamidullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sankt-Peterburg quloq, tomoq, burun va nutq ilmiy-tadqiqot instituti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalarda eshitish buzilishlarini tashhislashni takomillashtirish va davolash-reabilitatsiyalarining chora-tabdirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarda 3,5% tovush o‘tkazuvchi va 0,4% – tovushni qabul qilish turi bo‘yicha yashirin eshitish buzilishi aniqlangan;
maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarda eshitish buzilishining kelib chiqishida burun va burun yondosh bo‘shliqlarining yallig‘lanish jarayonlari, halqum limfoid a’zolari faollashuvining limfotsitoz bilan birgalikda kechishi ahamiyatli xavf omillari bo‘lishi aniqlangan;
eshitish qobiliyatini buzilishiga olib keladigan asosiy omil xisobida o‘rta quloqda ekssudat uzoq muddatli qat’iyatliligi bilan eshitish 50 dB darajasigacha pasayishi aniklangan;
maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarda tovushni qabul qilish turi bo‘yicha eshitish buzilishining kelib chiqishi, o‘rta quloqda uzoq muddat suyuqlik bo‘lishi ortga qaytmas tarzdagi turg‘un eshitish buzilishining patogenetik omili aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda eshitish buzilishlarini tashhislashni takomillashtirish va davolash-reabilitatsiyalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bolalarda eshitish buzilishlarini erta tashhislash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Maktabagacha yoshdagi bolalarda birlamchi eshitish zaifligini aniqlanish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 22 yanvardagi 8n-r/69-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda eshitish patologiyasini erta aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan;
eshitish buzilishlarini davolash va reabilitatsiyalari bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Maktabgacha yoshdagi bolalarda eshitish buzilishining o'ziga hosligi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 27 iyuldagi 8n-r/675-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma maktabgacha yoshdagi bolalarda eshitish buzilishlarini tashhislashni takomillashtirish va davolash-reabilitatsiyalarining chora-tabdirlarini ishlab chiqilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda eshitish buzilishlarini tashhislashni takomillashtirish va davolash-reabilitatsiyalarining chora-tabdirlari tizimli tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli bolalar markazi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 27 noyabrdagi 08-09/18549-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarda eshitish nuqsonlarini birlamchi aniqlash va ularning rivojlanishi uchun xavf omillarini sezilarli darajada bartaraf etish, shu orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, davolanish va reabilitatsiya tadbirlari uchun xarajatlarni tejash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish