Xakimov Dilmurod Valijon o‘g‘lining
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mashinasozlik korxonalarida sifat boshqaruv tizimi va mahsulot sifatini boshqarishni standartlashtirish talablari asosida takomillashtirish”, 05.02.04 – “Standartlashtirish va mahsulot sifatini boshqarish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2019.3. PhD/T1318
Ilmiy rahbar: Muminov Najmiddin Shamsiddinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon mashinasozlik instituti, PhD.03/30.09.2020.T.124.01
Rasmiy opponentlar: Djumabaev Alijon Bakishevich, texnika fanlari doktori, professor; Boboev G‘aybulla G‘afurovich, texnika fanlari falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mashinasozlik korxonalarining hozirgi rivojlanish darajasi va imkoniyatlaridan kelib chiqib, xalqaro standartlar talablari asosida sifat tizimini takomillashtirish modeli va tashkilot standartlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maxsulot turi, xodimlarning faoliyati va harakatidan kelib chiqqan holda korxonaning tashqi, ichki sharoitlari va tuzilmalariga muvofiqligini ta’minlaydigan mahsulot va jarayonlar sifatini boshqarish tizimini takomillashtirish uchun moslashuvchan model ishlab chiqilgan;
ishlab chiqarish korxonasining tashkiliy tuzilmasi, faoliyati, harakatlari va jarayonlarini doimiy takomillashtirishning optimal sikli aniqlangan;
ishlab chiqirish jarayonlari samaradorligi va mahsulot sifat ko‘rsatkichlarini ortishini ishlab chiqilgan jarayonli yondoshuvning kirish va chiqish talablariga asoslangan boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi ta’minlashi aniqlangan;
“Statistical Process Control” va “Measurement System Analysis” qo‘llanmalari asosida, jarayonlarning imkoniyatini statistik tahlil qilish bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mashinasozlik korxonalarida sifat boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
korxonalar tashkiliy strukturasi xalqaro standartlarning “Jarayonli yondashuv” talablariga to‘liq muvofiqlashtirilib, muammoni tub sababini tez bartaraf etish maqsadida ishlab chiqarish jarayoniga texnologiya, sifat, texnik xizmat ko‘rsatish, kommunal xizmat ko‘rsatish jarayonlarini samarali joylashtirish ta’minlangan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2021 yil 19 fevral`dagi 23-3-635-son ma’lumotnomasi). Natijada muammoni hal qilishga sariflangan vaqt 4-13 minutdan 1-8 minutgacha qisqartirilgan;
SPC va MSA statistik metodlari asosida ishlab chiqarish jarayonlar oqimida nuqsonlar bo‘lishining oldi olinib, davriy PFMEA o‘tkazishlar asosida nazorat rejasida xavfning ustunlik sonini kamaytirishga erishilgan, nazorat rejasiga ishchi yo‘riqnomalari muvofiqlashtirilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2021 yil 19 fevral`dagi 23-3-635-son ma’lumotnomasi). Natijada nuqsonli mahsulotlar chiqish darajasini 25% - 30% ga kamaytirishga erishilgan;
dissertatsiya tadqiqotlari ilmiy natijalari asosida tayyorlangan materiallar “Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti” Malaka oshirish markazi tomonidan tarmoqlar va mahalliy korxonalar rahbar va mutaxassis xodimlari uchun o‘tkazilgan bir qator o‘quv jarayonlarini tashkil qilishda va yuqori saviyada o‘tkazishda foydalanilgan (“O‘zstandart” agentligi Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 07 iyun`dagi 10/1590-son ma’lumotnomasi).