Mo‘minov Xurshidbek Adhamjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gidrogenizatsiyalangan amorf yarimo‘tkazgichlarni spektral xarakteristikalari va elektron holatlari zichligining taqsimoti”, 01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/FM378 
Ilmiy maslahatchi: Ikramov Rustamjon G‘ulomjonovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.03/30.12.2019.FM/T.01.12
Rasmiy opponentlar: Rasulov Rustam Yavkachovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Egamberdiev Baxrom Egamberdievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Amorf yarimo‘tkazgichlarning zonalararo va eksponensial yutilish spektrlarini analitik ifodasi va tajribadan aniqlangan qiymatlaridan foydalanib, ularni valent zonasi va ruhsat etilgan zonalarni dumlaridagi elektron holatlari zichligi taqsimotlarini  aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Urbax energiyasini temperaturaga bog‘lanishini aniqlovchi yangi analitik ifoda keltirib chiqarilgan va bu bog‘lanish chiziqli bo‘lishi ko‘rsatilgan;
ilk bor amorf yarimo‘tkazgichlarni zonalararo yutilish koeffisienti spektri uchun yozilgan Kubo-Grinvud formulasidan valent zonadagi elektron holatlari zichligi taqsimotini analitik ifodasi keltirib chiqarilgan;
amorf uglerodni (a-C) tajribalardan aniqlangan zonalararo yutilish spektri qiymatlaridan, bu materialni valent zonasidagi elektron holatlari zichligi taqsimotini aniqlangan;
ilk bor amorf yarimo‘tkazgichlarni eksponensial yutilish koeffisienti spektri uchun yozilgan Kubo-Grinvud formulasidan bu materialni valent va o‘tkazuvchanlik zonalari dumlaridagi elektron holatlari zichligini taqsimotini aniqlovchi ifodalar keltirib chiqarilgan;
amorf selen-oltingugurt qattiq qorishmasi (a-Se0.5S0.5) uchun tajribadan aniqlangan eksponensial yutilish spektrining qiymatlaridan foydalanib, bu materialni valent va o‘tkazuvchanlik zonalarining dumlaridagi elektron holatlari zichligi taqsimoti aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gidrogenizatsiyalangan amorf yarimo‘tkazgichlarni spektral xarakteristikalari va elektron holatlari zichligining taqsimoti uchun olingan natijalar asosida:
amorf yarimo‘tkazgichlar hos bo‘lgan Urbax energiyasini temperaturaga bog‘lanishi va valent zona, ruxsat etilgan zonalarni dumlaridagi elektron holatlari zichligi taqsimotlarini hisoblashni yangi usullaridan «Foton» aksiyadorlik jamiyatida amorf yarimo‘tkazgichli optoelektron qurilmalar ishlab chiqarishda foydalanilgan («O‘zeltexsanoat» aksiyadorlik kompaniyasining 2021 yil 23 noyabrdagi 04-3/2484 con ma’lumotnomasi). “Foton” aksionerlik jamiyatida olib borilgan ilmiy izlanishlarda  ko‘rsatilgan natijalar asosida namunalar ishlab chiqilgan, namunalarning fotoelektrik parametrlari mavjud normativ texnologik jarayonlarga mos kelgan.
gidrogenizatsiyalangan amorf yarimo‘tkazgichlarni spektral xarakteristikalari va elektron holatlari zichligini taqsimoti  natijalari 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan AYP (F)-20/516-raqamli «The investigation of fotoelectrical properties of the Photodiodes for 1 -4 pm infrared region» loyihasida yarimo‘tkazgichli fotodiodlarning past inersiyali xossalarini tatqiq qilishda foydalanilgan (Uludag‘ universiteti (Turkiya) 2021/20/516-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish yarimo‘tkazgichli fotoo‘zgartirgichlarning ishlash tezligini orttirishga imkon bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish