Xo‘jaev Fazliddin Elmuradovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasi eksportini rivojlantirishda logistik boshqaruvni takomillashtirish», 08.00.13 – «Menejment» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/lgt1554.
Ilmiy rahbar: Hamidov Obidjon Hafizovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.20/13.05.2020.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Nasimov Dilmurod Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qosimova Nargiza Sobitovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Davlat bojxona qo‘mitasi bojxona instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi eksportini rivojlantirishda logistik boshqaruvni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir yo‘l transportida oddiy va maxsus konteynerlarda yuk tashuvlari faoliyatlarini o‘zaro muvofiqlashtirish orqali “Transport-logistik klaster” larni tashkil etishni takomillashtirish taklifi asoslangan;
logistik kompaniyalarni yuk tashish hajmini va samaradorligini yagona logistik tizimini joriy etish orqali oshirish taklif etilgan;
logistik xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar boshqaruv samaradorligini oshirishda kompaniyaning faoliyat yo‘nalishlarini texnik va iqtisodiy jihatdan 1PL-2PL darajasida ixtisoslashtirish taklif etilgan;
Buxoro viloyatining oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini rivojlantirishda “Transport-logistik klaster”larni tashkil etish hamda yagona avtomatlashtirilgan axborot (YaAAT) tizimiga integratsiya qilishda logistik xizmat ko‘rsatish darajasini oshirishning 2025 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi eksportini rivojlantirishda logistik boshqaruvni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
temir yo‘l transportida oddiy va maxsus konteynerlarda yuk tashuvlari faoliyatlarini o‘zaro muvofiqlashtirish orqali “Transport-logistik klaster” larni tashkil etishni takomillashtirish taklifi asoslangan taklifi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ning faoliyatini rivojlantirish dasturiga kiritilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan 2020 yil 27 iyulda 04/2881-20-son ma’lumotnoma). Natijada «Yo‘lreftrans» AJ da 1,6 foizga, «O‘ztemiryo‘lkonteyner» AJ da esa 1,7 foiz samaradorlikka erishilgan;.
logistik kompaniyalarni yuk tashish hajmini va samaradorligini yagona logistik tizimini joriy etish orqali oshirish taklif «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ning faoliyatini 2020-2030 yilgacha rivojlantirishning strategik rejasiga kiritilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan 2020 yil 27 iyulda 04/2881-20-son ma’lumotnoma). Natijada «Yo‘lreftrans» AJ eksporti 1,2 foizga, «O‘ztemiryo‘lkonteyner» AJ ning tovarlar eksporti hajmi 1,8 foizga oshishiga erishilgan;
logistik xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar boshqaruv samaradorligini oshirishda kompaniyaning faoliyat yo‘nalishlarini texnik va iqtisodiy jihatdan 1PL-2PL darajasida ixtisoslashtirish taklifi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ning faoliyatini 2020-2030 yilgacha rivojlantirishning strategik rejasiga kiritilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan 2020 yil 27 iyulda 04/2881-20-son ma’lumotnoma). Natijada «Yo‘lreftrans» AJda mahsulotlar etkazib berish uchun qilingan o‘zgaruvchan xarajatlarni tejash hisobiga eksport hajmi 1,7 foizga va «O‘ztemiryo‘lkonteyner» AJda 2.2 foizga oshishiga erishilgan;
Buxoro viloyatining oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini rivojlantirishda “Transport-logistik klaster”larni tashkil etish hamda yagona avtomatlashtirilgan axborot (YaAAT) tizimiga integratsiya qilishda logistik xizmat ko‘rsatish darajasini oshirishning 2025 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari Buxoro viloyatining ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning 2020-2030 yilga mo‘ljallangan davlat dasturiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 15 oktyabrdagi 05/T-8-3303-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyatning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 2.4 foiz oshishiga erishilgan.