Tuychieva Sayyora Taxirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «G‘ovak muhit uchun to‘g‘ri va teskari dinamik masalalarda matematik modellashtirish», 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/FM425.
Ilmiy rahbar: Jabborov Nasridin Mirzoodilovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.FM.01.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Polatov Askad Muxamedjanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Nazirova Elmira Shodmonovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi g‘ovak-elastik muhitning qaytar chiziqli dinamik tenglamalar sistemalarini simmetriklashtirish, g‘ovak-elastik muhitning to‘g‘ri va teskari dinamik masalalarini sonli-analitik echishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
suyuqlik bilan to‘yingan g‘ovak-elastik muhitlarda to‘lqinlarning tarqalishini tavsiflovchi xususiy hosilali differensial tenglamalar sistemasidan iborat matematik modeli qurilgan;
suyuqlik bilan to‘yingan g‘ovak-elastik muhitlarda to‘lqinlarning tarqalishini tavsiflovchi qaytar chiziqli tenglamalar sistemasining Fridrixs bo‘yicha simmetrik   giperbolik ko‘rinishi olingan;
komponentlararo ishqalanish koeffisienti tufayli energiya tarqalishini hisobga olgan holda, suyuqlik bilan to‘yingan g‘ovak muhitda to‘lqinlar tarqalishining modeli bo‘lgan chiziqli dinamik tenglamalar sistemasi echilgan;
turli jamlangan kuchlar uchun qaytar holda g‘ovak-elastik muhitning dinamik tenglamalar sistemasining echimi topilgan;
g‘ovak-elastik muhitning erkin chegara nuqtalari ko‘chishining qo‘shimcha ma’lumotlari bo‘yicha manbani aniqlovchi teskari dinamik masalasi echilgan;
g‘ovak-elastik muhitda to‘lqin tarqalishining to‘g‘ri masalasini sonli echish usullari va dasturlar majmui ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Suyuqlik bilan to‘yingan g‘ovak-elastik muhitlarda to‘lqinlarning tarqalishini tavsiflovchi matematik modelidan 16-01-00729-«Yopishqoq elastik muhitlarda minerallashgan eritmalarni fil`trlashni matematik modellashtirish» grant loyihasida g‘ovak muhit uchun to‘g‘ri va teskari dinamik masalalarni echishda foydalanilgan (Rossiya Fanlar akademiyasining Sibir bo‘limi Hisoblash matematikasi va matematik geofizika institutining 2019 yil 6 noyabrdagi №15301/2-01-27 sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni qo‘llash g‘ovak-elastik muhitning to‘g‘ri va teskari dinamik masalalarini sonli echish imkonini bergan;
elastik-g‘ovak muhitda qaytar yaqinlashishda to‘lqin tarqalishining chiziqli matematik modelidan OT-Atex-2018-340-“Ikki tezlikli muhit dinamikasining amaliy geofizik masalalarini nazariy va sonli tadqiq etish” grant loyihasida elastik-g‘ovak muhitning erkin chegara nuqtalari ko‘chishining ko‘shimcha ma’lumotlari bo‘yicha manbani aniqlovchi teskari dinamik masalalarini echishda foydalanilgan (Qarshi Davlat univer-sitetining 2021 yil 1 iyundagi №04/1697 sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni qo‘llash g‘ovak-elastik muhitning to‘g‘ri va teskari dinamik masalalari echimining yagonaligi va turg‘unligini isbotlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish