Zulfuqorov Abduvaxob Abdumalik o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yo‘l-transport hodisasi natijasida qolgan izlarning trasologik tadqiqoti”, 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Yu276.
Ilmiy rahbar: Turabbaev Xusanbek Abdusalomovich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Astanov Istam Rustamovich, yuridik fanlar doktori, professor; Rajabov Baxtiyor Almaxmatovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yo‘l-transport hodisasi natijasida qolgan izlarning trasologik ekspertizasini o‘tkazish metodikasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy asoslangan xulosa, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat sud-ekspertiza muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va ilmiy-uslubiy rahbarlikni amalga oshirish borasidagi vazifalarni Adliya vazirligi zimmasiga yuklash zarurati asoslantirilgan;
davlat sud ekspertiza muassasalari va tegishli davlat organlari ekspert bo‘linmalari tomonidan o‘tkaziladigan bir xildagi sud ekspertizalarini aniqlash va ularni o‘tkazish bo‘yicha yagona uslubiyotni tasdiqlash zarurati asoslantirilgan;
yo‘l-transport hodisasi natijasida qolgan izlarning trasologik ekspertizasi bo‘yicha tadqiqotlarni o‘tkazishda respublika va xorijiy davlatlar ekspertiza muassasalarining o‘rnatilgan tartibda o‘zaro hamkorlik qilishi lozimligi asoslangan;
yo‘l-transport hodisasi paytida piyodani urib yuborish tasniflangan, yo‘l-transport hodisasida piyodaning kiyimlarida hosil bo‘ladigan izlar maxsus, o‘ziga xos va xos bo‘lmagan izlar kabilarga ajratilgan, ko‘rilayotgan turdagi trasologik ekspertiza o‘tkazish bosqichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yo‘l-transport hodisasi natijasida qolgan izlarning trasologik tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasining davlat sud-ekspertizasi muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va unga ilmiy-uslubiy rahbarlikni amalga oshirish vakolati qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi zimmasiga yuklatilishi lozimligiga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 10 maydagi “Ba’zi davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunining 26-moddasi uchinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 21 yanvardagi 06/1-05/248-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi sud-ekspertlik faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.
davlat sud ekspertiza muassasalari va tegishli davlat organlari ekspert bo‘linmalari tomonidan o‘tkaziladigan bir xildagi sud ekspertizalarini aniqlash va ularni o‘tkazish bo‘yicha yagona uslubiyotni tasdiqlashga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan 20192020 yillarda 
sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 
16-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIV Tashkiliy departamentining 2021 yil 17 sentyabrdagi 33/03-01/2472-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi, yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha trasologik ekspertiza tadqiqotlarni yagona metodika asosida o‘tkazilishi, barcha sud ekspertlari tadqiqotlarida aniqlangan izlar va belgilarni, shuningdek tadqiqotlar natijalarini bir xilda baholanishiga, xulosalarining ilmiy asoslanganligi, ishonchliligi va xolisligini oshirishga xizmat qilgan.
xorijiy yetakchi sud-ekspertiza, ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlar bilan xalqaro hujjatlar tuzish hamda qo‘shma dasturlarni amalga oshirishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 iyuldagi farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida sud-espertlik faoliyatini rivojlantirishning 20212025 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi”ning 6-bobi uchinchi bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIV Tashkiliy departamentining 2021 yil 17 sentyabrdagi 33/03-01/2472-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi barcha turdagi ekspertizalar, jumladan, yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha trasologik ekspertiza xulosalarining ilmiy asoslanganligi, ishonchliligi va xolisligini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish