Daminov Abduvali Asadulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ekologik sug‘urtani huquqiy ta’minlash muammolari”, 12.00.06 – Tabiiy resurslar huquqi. Agrar huquq. Ekologik huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Yu394.
Ilmiy rahbar: Xolmo‘minov Juma Toshtemirovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilganmuassasanomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Usmonov Muhammadi Bahriddinovich, yuridik fanlar doktori, professor; Fayziev Shuhrat Hasanovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo‘mitasi Bojxona instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi.
Ekologik sug‘urtaning mohiyati va uni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmini o‘rganish hamda ilmiy tahlil qilish, ekologik sug‘urtani huquqiy tartibga solishni takomillashtirish borasida taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekologik auditning asosiy vazifasi sifatida ekologik audit sub’ekti faoliyatining atrof-muhit holatiga ta’sirini baholash asoslab berilgan;
ekologik auditning asosiy vazifasi sifatida atrof-muhitning ifloslanishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelish xavfini kamaytirish asoslantirilgan;
ekologik audit xulosasi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga doir tavsiyalarni, ekologik audit sub’ekti tomonidan amalga oshirilayotgan tabiatni muhofaza qilishga oid tadbirlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar va takliflarni o‘z ichiga olishi kerakligi asoslab berilgan;
ekologik auditorlik tashkilotlari o‘z faoliyatini amalga oshirish chog‘ida mustaqil ekani, ekologik auditorlik tashkilotlarining, shuningdek ular xodimlarining faoliyatiga mustaqil ekologik auditni amalga oshirishga monelik qilish maqsadida aralashishga hamda qanday shaklda bo‘lmasin ta’sir o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmasligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
ekologik auditning asosiy vazifalariga ekologik audit sub’ekti faoliyatining atrof-muhit holatiga ta’sirini baholash ham kirishiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 15 martdagi “Ekologik audit to‘g‘risida”gi O‘RQ–678-son Qonunining 6-moddasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasining 2021 yil 12 avgustdagi 07/1-48-son ma’lmuotnomasi). Mazkur taklif ekologik auditning asosiy vazifalarini aniqlashtirishga xizmat qilgan;
ekologik auditning asosiy vazifalari sirasiga atrof-muhitning ifloslanishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi xavfini kamaytirish ham kirishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 15 martdagi “Ekologik audit to‘g‘risida”gi O‘RQ–678-son Qonunining 6-moddasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasining 2021 yil 12 avgustdagi 07/1-48-son ma’lmuotnomasi). Mazkur taklif ekologik auditning asosiy vazifalarini yanada aniqlashtirishga xizmat qilgan;
ekologik audit xulosasi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga doir tavsiyalarni, shuningdek ekologik audit sub’ekti tomonidan amalga oshirilayotgan tabiatni muhofaza qilishga oid tadbirlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar va takliflarni o‘z ichiga olishi kerakligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 15 martdagi “Ekologik audit to‘g‘risida”gi O‘RQ–678-son Qonunining 9-moddasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasining 2021 yil 12 avgustdagi 07/1-48-son ma’lmuotnomasi). Mazkur taklif ekologik audit xulosasi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga doir tavsiyalar ekologik audit sub’ekti tomonidan amalga oshirilayotgan tabiatni muhofaza qilishga oid tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
ekologik auditorlik tashkilotlari o‘z faoliyatini amalga oshirish chog‘ida mustaqil ekani, ekologik auditorlik tashkilotlarining, shuningdek ular xodimlarining faoliyatiga mustaqil ekologik auditni amalga oshirishga monelik qilish maqsadida aralashishga hamda qanday shaklda bo‘lmasin ta’sir o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 15 martdagi “Ekologik audit to‘g‘risida”gi O‘RQ–678-son Qonunining 10-moddasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasining 2021 yil 12 avgustdagi 07/1-48-son ma’lmuotnomasi). Mazkur taklif ekologik auditorlik tashkilotlari o‘z faoliyatida mustaqilligini ta’minlashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish