Elieva Mexriniso Faxritdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda  I tip qandli diabetdan to‘satdan o‘lim holatlarida sud tibbiy ekspertiza» 14.00.24 – Sud tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib977.
Ilmiy rahbar: Ro‘ziev Sherzod Ibadullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Masharipov Azamat Sobirovich, tibbiyot fanlari doktori; Maxsumxonov Qulfiddin A’zamxonovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bolalarda 1-tip qandli diabet asoratlari ta’sirida to‘satdan o‘limning sud-tibbiy tashhislash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublika miqiyosida so‘ngi 5 yildagi ma’lumotlarga ko‘ra, bolalarning 1-tip qandli diabet asoratlaridan to‘satdan o‘limi 7,2% ni tashkil etishi isbotlangan;
bolalarda to‘satdan o‘lim kelib chiqish mexanizmida 1-tip qandli diabet asoratlarining o‘rni va ularning ahamiyati asoslangan;
qandli diabeti mavjud bolalarda ichki a’zolar hamda suyak to‘qimalaridagi morfologik va biokimyoviy o‘zgarishlarning rivojlanish mexanizmlari isbotlangan;
1-tip qandli diabetidan to‘satdan o‘lim holatlarida glikirlangan gemoglobin va suyaklanish markerlarining o‘zaro bog‘liqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda birinchi  tip qandli diabetdan to‘stadan  o‘lim holtalarida sud-tibbiy ekspertizani baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bolalarda birinchi  tur qandli diabetdan to‘stadan  o‘lim holtalarida sud-tibbiy ekspertizasi bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Nozo‘raki o‘limda va diabetik komada o‘lim sabablarni solishtirma usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 18 oktyabrdagi 8n-m/417-son ma’lumotnomasi). Natijada nozo‘raki o‘lim va diabetik komadan yuzaga kelgan  o‘limning sabablarini baholash orqali o‘limning oldini olish imkonini bergan;
bolalarda birinchi  tur qandli diabetdan to‘stadan  o‘lim holtalarida sud-tibbiy ekspertizasi bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Morfologik  belgilar asosida qandli diabetda ekspert tashxisot» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 28 maydagi 8n-r/208-son ma’lumotnomasi). Natijada qandli diabet ta’sirida a’zolardagi morfologik o‘zgarishlar kelib chiqishi hamda bu o‘zgarishlarning bolalarda to‘satdan o‘limga olib kelishini fundamental asoslash imkonini bergan;
bolalarda birinchi  tip qandli diabetdan to‘stadan  o‘lim holtalarida sud-tibbiy ekspertizani baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining filliallari amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 30 dekabrdagi 08–09/21550–son ma’lumotnomasi). Natijada bolalar murdasida  qandli diabet negizida suyak metobolizmining biokimyoviy tashxislash mezonlarini ishlab chiqishda birinchi tur qandli diabetda bolalar tovon suyagining stuktur-funksional ko‘rsatkichlari, glikirlangan gemoglobin va suyaklanish markerlarining o‘zaro uzviy o‘zgarishi kasallikning kechish davomiyligi va balog‘at davrida bola gormonal holati intensivligi bilan bog‘liqligi  asoslashsh hamda sud tibbiy ekspertiza sifatini yaxshilash ko‘nikmalarini hosil qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish