Nasritdinova Shaxnoza Ibragimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nevrologik va depressiv buzilishlar istiqbolini belgilashni hisobga olgan holda koronavirus infeksiyasining homiladorlik va tuqqan ayollarga ta’siri», 14.00.01-Akusherlik va ginekologiya, 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib.2052.
Ilmiy rahbar: Ixtiyarova Gulchexra Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Zufarova Shaxnoza Alimjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Azizova Ra’no Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: homiladorlik turli muddatlarida COVID-19 infeksiyasini o‘tkazganlarda homiladorlik va tug‘ruqdan keyingi davrda nevrologik statusni (holatni) baholash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tug‘ruqdan keyingi davrda COVID-19 infeksiyasi o‘tkazgan ayollarda birinchi marta nevrologik va depressiv asoratlarni erta bashorat qilish prognostik matrisasi Sog‘liqni Saqlashning birlamchi bo‘g‘ini tizimi uchun ishlab chiqilgan;
birinchi marta COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan homiladorlik va tug‘ruqdan keyingi davrda markaziy va vegetativ nerv tizimini kompleks yondashuv asoslangan;
COVID-19 infeksiyasiga chalingan homiladorlarda tug‘ruqdan keyingi davrda nevrologik disfunksiyalari o‘rganildi va ularning biokimyoviy-gormonal va neyrovegetativ tekshiruv ko‘rsatkichlar bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
nevrologik disfunksiya, akusherlik va somatik asoratlarni oldini olish maqsadida COVID-19 infeksiyasidan keyin homilador va tuqqan ayollarda nevrologik buzilishlar diagnostik markyorlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nevrologik va depressiv kasalliklarning rivojlanishini hisobga olgan holda, COVID-19 infeksiyasining homiladorlik va tug‘ish jarayoniga ta’sirini o‘rganish natijalariga asosida:
homiladorlik davrida COVID-19 bilan kasallangan ayollarda tug‘ruqdan keyingi davrda nevrologik va depressiv buzilishlarni erta tashxislash maqsadida prognostik koeffisientlardan foydalanish natijalaridan olingan ma’lumotlar asosida ishlab chiqilgan “COVID-19 bilan kasallangan homilador ayollarda nevrologik asoratlarni rivojlanishi uchun xavf guruhini yaratish usuli va ularning oldini olish usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-r/ 889-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan homilador ayollarda tug‘ruqdan keyingi nevrologik va depressiv buzilishlarni bashoratlash matrisasini yaratishdan tashqari, differensial diagnostika uchun klinik va uskunaviy tekshiruv usullarining natijalaridan foydalanish imkonini bergan.
COVID-19 infeksiyasi bilan zararlangan homilador ayollarda tug‘ruqdan keyingi davrda nevrologik va depressiv buzilishlarni instrumental va laborator (biokimyoviy) markyorlarini aniqlash natijalari asosida ishlab chiqilgan “COVID-19 dan keyin homilador ayollarda nevrologik asoratlarni taxmin qilish usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2021 yil 12 oktyabrdagi, 8n-r/890-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma nevrologik kasalliklarga chalingan homilador ayollarni olib borish taktikasini ishlab chiqish, yuqori xavf omillari bilan bog‘liq homiladorlik asoratlarini kamaytirish imkonini bergan;
olingan ilmiy natijalar, COVID-19 infeksiyasiga chalingan homiladorda tug‘ruqdan keyingi akusherlik asoratlarni oldini olish tamoyillarining klinik va patogenetik asoslari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Buxoro shahar 1-son, 4-son, 6-son, 8-sonli oilaviy poliklinikalarda, shahar tug‘ruq majmuasi, Buxoro viloyat tibbiyot muassasasi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 8 noyabrdagi 8r-q/408-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni amaliyotga tadbiq etish COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan homilador ayollarda homiladorlik, tug‘ruqdan keyingi davrni olib borish taktikasini ishlab chiqish, asoratlar rivojlanishini bashorat qilish, davolash taktikasini tanlash, homiladorlik davridagi asoratlarni, tug‘ruqdan keyingi va perinatal asoratlarni kamaytirish orqali tibbiy yordam sifatini oshirishga imkon bergan.