Negmatov Bositxon Izzatillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxtani qabul qiluvchi-uzatuvchi qurilmani takomillashtirish orqali uning samaradorlini oshirish” 05.06.02- “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1654  
Ilmiy rahbar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Ergashev Jamoliddin Samatovich, texnika fanlari doktori, professor; Sulaymanov Rustam Shennikovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxtani to‘liq mexanizatsiya usulida ta’minlaydigan samarali qabul qiluvchi - uzatuvchi qurilmani takomillashtirish orqali samaradorlikni oshirishdan iborat.   
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtotransportlardan keltirilgan paxtani tushirishda tiqilishlarni oldini olish va trbandliklarni bartaraf etish uchun paxtani to‘liq mexanizatsiya usulida qabul qilish-uzatish jarayonini amalga oshiruvchi qurilma yaratilgan;
yuqori va past navli paxtani qabul qilish va uzatishda paxta ichki strukturasini o‘zgarishida 20 % gacha namlikni va 170 kg/m3 zichlikni inobatga olgan holda siljishdagi qarshilik kuchini ifodalovchi matematik modeli ishlab chiqilgan;
avtotransportlaridan berilgan paxtani tiqilmasdan to‘liq mexanizatsiya usulida qabul qilish uchun qabul qiluvchi-uzatuvchi qurilmaga 14 m3 xajmli bunker ishlab chiqilgan va uning optimal parametrlari aniqlangan;
qabul qiluvchi-uzatuvchi qurilma bunkerida paxtani tashuvchi konveyerga tiqilmasdan uzliksiz uzatish bilan ish unumdorlikni oshirish uchun 600 mm diametrli qoziqli dozatorli barabanlar ishlab chiqilgan, ulardagi qoziqlar uzunligi 240 mm ga, qadami 200 mm ga va baraban tezligini 3 m/s ga teng bo‘lgan optimal parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta tozalash korxonalarining tayyorlov maskanlarida paxtani qabul qilishda samaradorligi yuqori bo‘lgan qurilmani yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
takomillashtirilgan paxtani qabul qilish va uzatish qurilmasi «O‘zbekiston paxta - to‘qimachilik klasteri» uyushmasi tasarrufidagi Namangan viloyatining “Uchkurgan textile" qo‘shma korxonasiga qarashli “Uychi paxta tozalash” korxonasiga joriy etilgan  («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasteri»  uyushmasining 2021  yil   17 dekabrdagi 03/22-388 - son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori va past navli paxtani qabul qilishda qurilmaning ish unumdorligini 17,6 % va 13,7 % ga oshirishga, paxtadagi nuqsonli tola va iflos aralashmalarning massaviy ulushini o‘rtacha 0,35 % va 0,22 % ga kamaytirish, ishlab chiqarilayotgan tola sifatini yaxshilash imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish