Meyliev Laziz Oriziqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Propanoldagi konformatsion xilma-xillikni va molekulalararo o‘zaro ta’sirni spektral namoyon bo‘lishi», 01.04.05 – Optika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/FM359
Ilmiy rahbar: Qo‘yliev Baxron To‘xlievich, fizika-matematika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand  davlat  universiteti, PhD.03/30.12.2019.FM.02.04
Rasmiy opponentlar: Shavkat Otajonov, fizika-matematika fanlari doktori, professor;    G‘ulom Murodov, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gaz va matrisali izolyasiya holatidagi propanolning konformatsion tarkibi va xususiyatlarini hamda vodorod bog‘lanishli klasterlar hosil bo‘lishining spektral namoyon bo‘lishini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gaz holatidagi propanolning infraqizil (IQ) yutilish spektrlarida vodorod bog‘lanishli molekulyar klasterlarning spektral namoyon bo‘lishi ko‘rsatilgan;
gaz holatidagi propanolning past haroratli argon matrisasida izolyasiya qilingan konformatsion tarkibi aniqlangan;
propanol molekulasi konformatsiyalarining optimal geometrik tuzilishi kvanto-kimyoviy modellashtirilgan hamda ularning energetik (vodorod bog‘lanish energiyasi) va spektroskopik (infraqizil yutilish spektrlar chastotalari) parametrlari o‘rganilgan;
propanol molekulyar klasterlarining shakllanish mexanizmlari uning konformatsion xususiyatlarini hisobga olgan holda dimerli strukturasining energetik jihatdan barqaror tuzilishga ega ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Propanol molekulasining barcha mumkin bo‘lgan konformatsiyalari uchun olingan natijalar:
propanol molekulyar klasterlarining shakllanish mexanizmlari uning konformatsion xususiyatlarini hisobga olgan holda aniqlangan optimal geometrik tuzilishi, energiyasi va spektroskopik parametrlari natijalari 18BF051-02M-raqamli “Nanostrukturalangan materiallardagi vodorod bog‘lanish molekulyar klasterlari” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Kiev milliy universitetining 2020 yil 29 dekabrdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi nanoo‘lchamdagi molekulalararo bog‘lanishlari bo‘lgan suyuqliklardagi molekulyar klasterlarning strukturaviy va dinamik xususiyatlarini aniqlash imkonini bergan;
propanolning molekulyar klasterlarini shakllanish mexanizmlarini uning konformatsion xususiyatlarini hisobga olgan holda aniqlash natijalari OT-F2-40-raqamli “Molekulyar klasterlarning shakllanish mexanizmlari va ularning tebranish spektrlarida namoyon bo‘lishi” fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat universiteti ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi molekulalar klasterining energetik va strukturaviy parametrlarining noempirik hisoblar natijalari, molekulalar konformatsion xususiyatlarning klasterlar hosil bo‘lish jarayonidagi spektroskopik ko‘rinishlarga ta’sirini aniqlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish