Reymov Alisher Rasbergenovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qoraqalpog‘iston er-suv resurslaridan okilona foydalanishning muammolari va ekologik indikatorlari», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.RhD/V409.
Ilmiy rahbar: Mambetullaeva Svetlana Mirzamuratovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/30.04.2021.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Tleumuratova Bibigul` Saribaevna, fizika-matematika fanlari doktori; Ametov Yakub Idrisovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston er-suv resurslaridan oqilona foydalanishning muammolari va ekologik indikatorlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi atrof-muhit va er-suv resurslaridan foydalanishni boshqarishda ekologik indikatorlar algoritimi aniqlangan; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi er resurslari ekologik holatining sxematik xaritalari asosida qishloq xo‘jaligi erlarining hududiy taqsimlanish indikatorlari baholangan;  
ekologik indikatorlar asosida GAT-texnologiyalardan foydalanib tuproq-meliortiv xaritalarini qishloq xo‘jaligida foydalanilishda erlarni uch toifaga ajratish isbotlangan; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv resurslari ekologik holatini miqdoriy baholash bo‘yicha ko‘p blokli indikatorlar kompleksi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Qoraqalpog‘iston er-suv resurslaridan ratsional foydalanishning ekologik muammolari va indikatorlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qoraqalpog‘iston er resurslaridan oqilona foydalanish, Orolbo‘yi ekotizimlarining muhim tarkibiy qismlari holatini ekologik monitoring qilish, prognozlash bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligida amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligining 2020 yil 7 iyuldagi 01/011-1579-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikada tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha strategik tabiiy resurs sifatida qishloq xo‘jaligi erlaridan foydalanish samaradorligini baholash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish imkonini bergan;
suv resurslari holatini aniqlash bo‘yicha olingan  ekologik indikatorlar asosida ishlab chiqilgan ekologik pasport Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida amaliyotda joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 3 iyuldagi 02/02-3-229-son ma’lumotnomasi). Natijada, ifloslanishning sabablari va manbalari, ekologik vaziyatni prognozlashtirish uchun hamda suvdan turg‘un foydalanish yo‘nalishidagi tadbirlarni amalga oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish