Botirov Yo‘ldoshalining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini tayyorlashda bastakorlar musiqiy merosidan foydalanishning pedagogik asoslari (To‘xtasin Jalilov va Yunus Rajabiylarning musiqiy-pedagogik faoliyati misolida), 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2065. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti. 
Ilmiy rahbar: Sulaymonov Asqarali Payg‘amovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01. 
Rasmiy opponentlar: Maxkamov Ulfat Ilxamovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xalilov Faxriddin, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishda T.Jalilov va Yu.Rajabiylarning musiqiy merosidan foydalanishning pedagogik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
T.Jalilov va Yu.Rajabiyning musiqiy-pedagogik faoliyati musiqiy asar g‘oyasi va ruhini emotsional-hissiy ifodalash, ijodiy erkinlik kabi individual metodik yondashuvlar va musiqiy-pedagogik faoliyatning maqsadi va mazmuni, qo‘llanilgan shakl, usul va vositalar, pedagogik shart-sharoitlar kabi pedagogik tizim komponentlarini integratsiyalash asosida  aniqlashtirilgan; 
zamonaviy oliy ta’lim musiqiy-pedagogik jarayonlariga qo‘yiluvchi metodik, didaktik, himoyalovchi-pedagogik talablar hamda bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarning kreativlik, ijtimoiy faollik kabi kasbiy kompetensiyalari T.Jalilov va Yu.Rajabiy faoliyatining milliylik, ahloqiy-estetik yo‘naltirilganlik, ijrochilik, ijodkorlik, individuallik, uyg‘unlik, kasbiy mas’uliyatlilik kabi ustuvor tamoyillari asosida takomillashtirilgan; 
milliy musiqa san’atining turli janrdagi asarlarini ijro etish mahoratini talabalarda rivojlantirish samaradorligini aniqlash mezonlari milliy madaniy merosga hurmatni shakllantiruvchi ijro, ohang, kuy, matn musiqiy tarbiyaviy ta’sir komponentlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bastakorlar faoliyatidagi erkin tarbiya va musiqiy ta’lim integratsiyasiga asoslangan sub’ekt-sub’ekt munosabatidagi  o‘ziga xos xususiyatlar ta’lim texnologiyalari talabalarning  kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga qaratilgan kasbiy kompetensiyalarni (rejaviylik, xilma-xillik, ijodiylik) nazariy va amaliy mashg‘ulotlar mazmuniga ijodiy o‘sish traektoriyasiga yo‘nalgan holda integratsiyalashtirish vositasida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini tayyorlashda bastakorlar musiqiy merosidan foydalanishning pedagogik asoslari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida: 
T.Jalilov va Yu.Rajabiyning musiqiy-pedagogik merosi haqidagi ma’lumotlar, ularning pedagogik g‘oyalari hamda musiqiy-pedagogik faoliyatda qo‘llagan metodik yondashuvlari, qarashlari pedagogik tizim komponentlari (musiqiy-pedagogik faoliyatning maqsadi va mazmuni, qo‘llanilgan shakl va vositalar, pedagogik shart-sharoitlar)ni takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy metodik taklif va tavsiyalardan  umumiy o‘rta ta’lim maktablarining “Musiqa madaniyati” o‘quv fanidan amaldagi Davlat ta’lim standarti talablarini takomillashtirishda foydalanilgan (Xalq ta’lim vazirligining 2017 yil 25 dekabrdagi 01-02-516-son ma’lumotnomasi). Natijada T.Jalilov va Yu.Rajabiy asarlarining musiqiy-pedagogik asoslari maktablarda musiqa ta’limi jarayonlarini takomillashtirishga xizmat qilgan; 
zamonaviy oliy ta’lim musiqiy-pedagogik jarayonlariga qo‘yiluvchi talablar hamda bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalari T.Jalilov va Yu.Rajabiy faoliyatining ustuvor tamoyillari foydalanishga oid takliflar maktablar musiqa darslari uchun musiqiy asarlarni tanlab olish mezonlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’lim vazirligining 2017 yil 25 dekabrdagi 01-02-516-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari musiqiy ta’limida mazmuniy integratsiyaga erishishning metodik tayanch talablari joriy etilishiga erishilgan; 
milliy musiqa san’atining turli janrdagi asarlarini ijro etish mahoratini talabalarda rivojlantirish samaradorligini aniqlash mezonlari milliy madaniy merosga hurmatni shakllantiruvchi  musiqiy tarbiyaviy ta’sirdan foydalanishga oid takliflari maktab musiqa ta’limi amaliyotiga joriy etilgan (Xalq ta’lim vazirligining 2017 yil 25 dekabrdagi 01-02-516-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim jarayonida musiqa orqali tarbiyalashning metodik ta’minoti takomillashtirilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish