Raximov Komilxodja Anvarxodjaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yuqori fil`trlash xususiyatli qatlamlarda suyuqlik yutilishini bartaraf etish usullarini ishlab chiqish», 04.00.11 – Quduqlarni burg‘ilash va o‘zlashtirish texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2068.
Ilmiy rahbar: Umedov Sherali Xalloqovich, texnika fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/05.06.2020.T.03.06.
Rasmiy opponentlar: Aliev Boxodir Abduganievich, texnika fanlari doktori; Mamadjanov El`zod Ulmasovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: skvajinalarni burg‘ilash jarayonida yuqori fil`tratsiya xususiyatiga ega qatlamlarda suyuqlikning yutilishini polimer tamponaj qorishmalarini qo‘llagan holda barataraf etish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qatlamga burg‘ilash eritmasini yutilishi tadqiq qilindi va asosiy sabablari aniqlangan;
skvajina tubi bosim datchiklari yordamida qatlamlarni ochishda qatlam bosimini o‘lchash usuli aniqlangan; 
kompozisiyali tamponajlovchi moddalarni suyuq va quruq holatda skvajina tubiga etkazib berish usuli ishlab chiqilgan;
germetiklovchi golovkani qo‘llagan holda skvajina tubi va qatlam bosimlari orasida o‘zaro mutanosiblikda skvajinalarni burg‘ilash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
yuqori fil`tratsiya xususiyatiga ega bo‘lgan qatlamlarga burg‘ilash eritmasini yutilishini bartaraflash uchun polimer asosidagi tamponaj qorishmasining tarkibi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yuqori fil`tratsiya xususiyatiga ega bo‘lgan qatlamlarga burg‘ilash eritmasini yutilishini bartaraf etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
polimer asosidagi tamponaj qorishmasining tarkibi Janubiy Kemachi konining 79-sonli skvajinasida joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJning 2021 yil 7 iyundagi 04-23/1-756 sonli ma’lumotnomasi). Natijada asoratlarni bartaraf etish vaqti, shuningdek materiallar va tashkiliy ishlar xarajatlarini qisqartirish imkonini bergan;
suyuqlikni yutilishini bartaraflashda tamponaj qorishmasini qatlamga etkazib berish texnologiyasi Janubiy Kemachi konining 79-sonli skvajinasida joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJning 2021 yil 7 iyundagi 04-23/1-756 sonli ma’lumotnomasi). Natijada skvajinada burg‘ilash eritmasini yutilishini bartaraflash va burg‘ilashni tezlashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish