Uzaydullaev Akmaljon Olimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy anor navlaridan sharbat konsentrati olish texnologiyasini yaratish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2362.
Ilmiy rahbar: Barakaev Nusratilla Rajabovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.101.01.
Rasmiy opponentlar Isabaev Ismail Babadjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Mamatov Sherzod Mashrabjanovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy anor navlaridan sharbat konsentrati olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘ta yuqori chastotali (O‘YuCh) elektromagnit maydon ta’sirida anor sharbati tarkibidagi mikroorganizmalar faoliyatini to‘xtatishning afzalliklari asoslanilgan va O‘YuCh pasterizator qurilmasi ishlab chiqilgan;
anor sharbatini sifatli tozalash jarayonida flotatsiya uslubini qo‘llashning afzalliklari asoslangan va ikki kamerali elektroflotator qurilmasi ishlab chiqilgan;
sharbat mahsulotlarini sifatli tozalash jarayoni uchun taklif etiladigan elektrofizikaviy qurilmalarni qo‘llash orqali mahalliy anor navlarining dielektrik o‘tkazuvchanligi aniqlangan;
mahalliy anor mevalari asosida sharbat va konsentrat olish texnologiyasi takomillashtirilgan;
sifatli sharbat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun taklif etilayotgan elektrofizikaviy qurilmalarining iqtisodiy samaradorligi hisoblash uslubi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy anor navlaridan sharbat konsentratini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
anor sharbatini O‘YuCh pasterizatsiyalash qurilmasi «Master Global Plyus» korxonasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2021 yil 16 dekabrdagi 16-127/12-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, anor sharbati sifatiga, saqlanish muddatiga ta’sir etuvchi mikroorganizmlar faoliyatini to‘xtalishiga erishish imkonini bergan;
anor tarkibini qo‘shimchalardan tozalashga mo‘ljallangan elektroflotator qurilmasi «Master Global Plyus» korxonasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2021 yil 16 dekabrdagi 16-127/12-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, anor sharbatini 98 foizga tozalash imkonini bergan.