Nomozova Gulmira Raxmatullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tarkibida sirt faol modda tutgan kompleks ta’sir etuvchi xloratli defoliantlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T1521.
Ilmiy rahbar: Umirov Farxod Ergashovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Erkaev Aktam Ulashevich, texnika fanlari doktori, professor; Tog‘asharov Axad Salimovich, texnika fanlari doktori..
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kaustik soda ishlab chiqarish ikkilamchi mahsuloti natriy xlorid, natriy gipoxlorit, shuningdek sirt aktiv va fiziologik aktiv moddalar asosida samarali kompleks defoliantlar olishning fizik-kimyoviy asoslarini va texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
natriy xlorid, natriy gipoxlorit va natriy xlorid, natriy xlorat dan tashkil topgan suvli tizimlarini politermik eruvchanlik diagrammalari tuzilgan va geterogen fazani muvozanatda bo‘lish rejimlari asoslangan;
natriy xlorid, natriy gipoxlorit, natriy xlorat, sirt faol va fiziologik aktiv moddalar ishtirokidagi suvli sistemalarni politermik eruvchanlik diagrammalari tuzilgan va yangi birikmalar hosil bo‘lishi isbotlangan;
natriy xlorid, natriy gipoxlorit, natriy xlorat, sirt faol va fiziologik aktiv moddalar suvli tizimlarining eruvchanlik diagrammalari asosida qattiq kompleks defoliantlar olish asoslangan; 
natriy xlorid, natriy gipoxlorit, natriy xlorat, sirt faol moddalar asosida fizologik aktiv xossaga ega bo‘lgan qattiq defoliant olishning ikki xil texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Kimyo sanoati ikkilamchi mahsulotlari va chiqindilari natriy xlorid, natriy gipoxlorit, natriy xlorati, sirt aktiv va fiziologik faol moddalar asosida kompleks ta’sirga ega defoliantlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
natriy gipoxloriti va natriy xloridlari asosida natriy xlorati olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» AJ-QKning «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» AJ-QKning 2021 yil 16 noyabrdagi 219-son ma’lumotnomasi). Natijada, kimyo sanoati kaustik soda ishlab chiqarish ikkilamchi maxsulotlarini va chiqindilarini samarali kompleks ta’sir etuvchi defoliantga qayta ishlash imkonini bergan;
natriy xlorati va sirt faol modda asosida tarkibida sirt faol modda bo‘lgan natriy xlorati olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» AJ-QKning «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» AJ-QKning 2021 yil 16 noyabrdagi 219-son ma’lumotnomasi). Natijada, kimyo sanoati kaustik soda ishlab chiqarish ikkilamchi maxsulotlari va yog‘-moy sanoati chiqindisi soapstok asosida tarkibida sirt faol modda tutgan yuqori samarali defoliant olish  imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish