Qobilova Nilufar Xudoyshukurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Nonvoychilik mahsulotlarini samarali qo‘shimchalardan foydalanib sifatini oshirish va assortiment turlarini kengaytirish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1073.
Ilmiy rahbar: Adizov Rashid Tuxtaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Qurbonov Jamshed Madjidovich, texnika fanlari doktori, professor; Djaxangirova Gulnoza Zinnatullaevna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nonvoychilik mahsulotlarini samarali qo‘shimchalardan foydalanib sifatini oshirish va assortiment turlarini kengaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xomashyodan olingan qo‘shimchalarning kimyoviy tarkibi va texnologik salohiyati aniqlangan;
non mahsulotlari ishlab chiqarishda xomashyodan olingan qo‘shimchalardan foydalanishning maqsadga muvofiqligi nazariy jihatdan asoslangan;
tayyor mahsulotning iste’mol qiymatini saqlab qolgan holda, navli bug‘doy unini va yog‘ni xomashyodan qo‘shimchalar bilan qisman almashtirish imkoniyati asoslangan;
milliy non mahsulotlarining ozuqaviy qiymatini oshirish uchun qo‘shimchalardan foydalanish maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Nonvoychilik mahsulotlarini samarali qo‘shimchalardan foydalanib sifatini oshirish va assortiment turlarini kengaytirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
na’matak mevasi kukunli “Obi-non” turidagi o‘zbek nonlarini ishlab chiqarish texnologiyasi “Yuksak Qashqadaryo” MChJda amaliyotga joriy etilgan (“O`ZDONMAHSULOT” AJning 2021 yil 1 martdagi 10-1-11/30-311-son ma’lumotnomasi). Natijada, kukunni qo‘llash hisobiga bug‘doy unining sarfini 5 % ga kamaytirish imkonini bergan;
zig‘ir urug‘idan unli “Shirmoy-non” turidagi o‘zbek nonlarini ishlab chiqarish texnologiyasi “Yuksak Qashqadaryo” MChJda amaliyotga joriy etilgan (“O`ZDONMAHSULOT” AJning 2021 yil 1 martdagi 10-1-11/30-311-son ma’lumotnomasi). Natijada, unni ishlatish hisobiga bug‘doy unining sarfini 4,5% gacha, yog‘ sarfini esa 14% gacha kamaytirish imkonini bergan;
eryong‘oq massali “Shirmoy-non” turdagi o‘zbek nonlarini ishlab chiqarish texnologiyasi “Yuksak Qashqadaryo” MChJda amaliyotga joriy etilgan (“O`ZDONMAHSULOT” AJning 2021 yil 1 martdagi 10-1-11/30-311-son ma’lumotnomasi). Natijada, er yong‘oqi emulsiyasidan  foydalanish orqali  bug‘doy unining sarfini 2,5% gacha, yog‘ sarfini 50% gacha kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish