Marasulova Zulayho Abdullaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’limda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning uzviyligi hamda uzluksizligini ta’minlash metodikasi”, 13.00.02  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2424.
Ilmiy rahbar: Eshnazarova Marg‘ubaxon Yunusalievna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.  
Rasmiy opponentlar: Raxmatullaev Muzaffar Muxammadjanovich, fizika-matematika fanlari doktori (DSc), dotsent; Toshtemirov Doniyor Eshbaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarining 5-9-sinflarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda mavzulararo uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash bosqichlari kursning mazmunli-ctruktur komponentlarini ketma-ketlikda o‘rganishning chiziqli chizmasi axborotlarni tasavvur qilish, algoritmlashtirish va dasturlashtirish, modellashtirish va formallashtirish, informatsion texnologiyalarni qo‘llash kabi metodik imkoniyatlarni kengaytirish orqali aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarning “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘zlashtirish jarayoni uzviyligini ta’minlashning metodik tuzilmasi  noan’anaviy darslarni tashkil etishning mantiqiy elementlari (tushuncha, hukm, tasdiq, xulosa) bilan adekvatlik darajasi produktivligini hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
informatik ta’limning didaktik modelini amaliy komponenti kompyuting o‘qitish texnologiyasi asosida integrallashgan darslarni loyihalashning virtual borliq bilan internal integratsiyasini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda raqamli kompetensiyalarni shakllantirishga doir interfaol dasturiy vositalar majmui informatika ta’limida individual va jamoaviy hamkorlikdagi ijodiy faoliyatni tashkil etish bosqichlarining (kooperatsiya, kollaboratsiya, refleksiya) konstruktivligini  ta’minlash orqali takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Informatika va axborot texnologiyalari” fanining uzluksizligi va uzviyligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash bosqichlarini kursning mazmunli-ctruktur komponentlarini ketma-ketlikda o‘rganishning chiziqli chizmasi metodik imkoniyatlarini kengaytirish orqali aniqlashtirishga doir  takliflardan “Umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirish dasturi” doirasida amalga oshirilgan 2019 yil 10 dekabrda tasdiqlangan 591-son “Umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 8 oktyabrdagi 01/11-02/02-1449-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning uzviyligini ta’minlash tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;    
o‘quvchilarning “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘zlashtirish jarayoni uzviyligini ta’minlashning metodik tuzilmasi noan’anaviy darslarni tashkil etishning mantiq elementlari bilan adekvatlik darajasi produktivligini hisobga olish orqali aniqlashtirish, informatik ta’limning didaktik modelini amaliy komponentini kompyuting o‘qitish texnologiyasi asosida integrallashgan darslarni loyihalashning virtual borliq bilan internal integratsiyasini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-, 7-, 10-, 11-sinflari uchun darslik va o‘qituvchi metodik qo‘llanmalarini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 8 oktyabrdagi 01/11-02/02-1449-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Informatika va axborot texnologiyalari” fani uzluksizligini ta’minlashning metodik jihatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarda raqamli kompetensiyalarni shakllantirishga doir interfaol dasturiy vositalar majmuini informatika ta’limida individual va jamoaviy hamkorlikdagi ijodiy faoliyatni tashkil etish bosqichlarining konstruktivligini  ta’minlash orqali takomillashtirishga doir amaliy takliflaridan 2015-2017 yillarda bajarilgan PZ-2014-0905173317 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida axborot kommunikatsion muhitni yaratish va amaliyotga tatbiq qilish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 31 martdagi 89 03 3697-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning uzviylashgan o‘quv dasturini yaratishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish