Xoliqov Alijon Abdiraupovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Issiqlik quvurlarini qo‘llash asosida meva va sabzavotlarni quritish jarayonini energetik samaradorligini oshirish», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T341.
Ilmiy rahbar: Djuraev Xayrullo Fayzievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Safarov Jasur Esirgapovich, texnika fanlari doktori, professor; Jumaev Qayum Karimovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: issiqlik quvurlaridan foydalanilgan holda energiya samaradorlikni oshiruvchi quritish uskunasini ishlab chiqish va quritish jarayonining maqbul rejimlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
issiqlik quvurining bug‘latish va kondensatsiya zonasida ishchi agentning harakatlanish qonuniyati aniqlangan;
issiqlik quvurlaridan foydalanilgan holda energiya samaradorlikni oshiruvchi tajriba sinov quritish uskunasi ishlab chiqilgan;
quyosh energiyasi ta’sirida issiqlik quvurlari bo‘yicha hosil qilingan energiya yordamida quritish kamerasining butun hajmi bo‘yicha bir xil haroratning ta’minlanishi asoslangan;
issiqlik quvurlaridan foydalanilgan holda energiya samaradorlikni oshiruvchi tajriba sinov quritish uskunasida quritish jarayoni kinetikasi hamda piyoz va o‘rikni quritish jarayonining optimal rejimlari aniqlangan;
ishlash prinsipi quyosh energiyasidan foydalanishga asoslangan issiqlik quvurlari yordamida ishlaydigan meva va sabzavotlarni quritishning energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha konseptual yondashuv ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Issiqlik quvurlariga asoslangan meva sabzavotlarni quritish jarayonining energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
meva va sabzavotlar (piyoz, o‘rik) ni issiqlik quvurlari yordamida ishlaydigan quritish qurilmasi “Livadiya-Buxara” MChJda amaliyotga joriy etilgan («O’zbekiston Oziq-Ovqat Sanoati Uyushmasi»ning 2021 yil 8 oktyabrdagi 08-119/1021-son ma’lumotnomasi). Natijada, energiya tejamkor issiqlik quvuri asosida ishlovchi quritish qurilmasinining engergetik samaradorligini 2 martaga oshirish va xarajatlarni 96,5% gacha kamaytirish imkonini bergan;
issiqlik quvurining ichki kamerasi spirt aralashmasi bilan to‘ldirilgan quritish qurilmasi “FRESH AND LIFE” MChJda (Buxoro viloyati) amaliyotga joriy etilgan («O’zbekiston Oziq-Ovqat Sanoati Uyushmasi»ning 2021 yil 8 oktyabrdagi 08-119/1021-son ma’lumotnomasi). Natijada, past haroratli rejimda o‘rik mevasi hamda piyozni quritish imkonini bergan.