Baymirzaev Akbarjon Rustamjan o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Temir - kompozit materiallarni samarali tarkibini va ular asosida podshipnikning xalqa detallarini olish texnologiyasini ishlab chiqish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2290.
Ilmiy rahbar: Tojiboev Begijon Mamitjonovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijan mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Abed Nodira Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor; Karshiev Mamaraim Sanaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy  va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: temir - kompozit materiallarni samarali tarkibini va ular asosida podshipnikning xalqa detallarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mashinasozlikda ishlatiladigan aylantiruvchi podshipniklarni ishlab chiqarishda ishlatiladigan xalqa qismlarini olish uchun ikkilamchi metall chiqindilaridan foydalangan holda samarali tarkibga ega bo‘lgan yangi metall kompozision material yaratilgan;
yaratilgan yangi metall kompozision material asosida podshipnik qismlarini tayyorlash texnolgiyasi ishlab chiqilgan;
import o‘rnini bosuvchi podshipnik metall kompozision materiallaridan maxalliy sharoitda podshipnik qismlari ishlab chiqilgan;
ikkilamchi xomashyolardan bosim ostida quyma usulda olinayotgan podshipnikning materiallarini tarkibini va xossalarini yaxshilash uchun qo‘shiladigan to‘ldiruvchilarning optimal tarkiblari aniqlangan;
olingan podshipnik qismlari mashinasozlik agregatlarida qo‘llanilgan va samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Temir - kompozit materiallarni samarali tarkibini va ular asosida podshipnikning xalqa detallarini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
antifriksion-eyilishbardosh metall-kompozision materiallardan ishlab chiqarilgan podshipnik xalqalari va sharikli podshipniklar Piskent paxta tozalash zavodida joriy etilgan («PAXTASANOAT ILMIY MARKAZI»ning 2021 yil 14 dekabrdagi 02-11/557-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishchi organlarning ishlash qobiliyatini va ma’lum darajada ishning samaradorligini oshirish, foydalanish vaqtida qarshilikni kamaytirish hamda mashina va mexanizmlarning quvvat sarfini kamaytirish imkonini bergan;
yuqori fizik-mexanik va antifriksion-eyilishbardoshlik xususiyatlarga ega bo‘lgan metall-kompozision materiallar Piskent paxta tozalash zavodida joriy etilgan («PAXTASANOAT ILMIY MARKAZI»ning 2021 yil 14 dekabrdagi 02-11/557-son ma’lumotnomasi). Natijada, podshipnik xalqalarini eyilishbardoshligini, mustahkamligini va shunga mos ravishda umrboqiyligini 2,0-2,5 martaga oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish