Sharifov G‘ulomjon Nabievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy va ikkilamchi xomashyolar asosida rapabardosh kompozision kimyoviy reagentlarni ishlab chiiish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 04.00.11 – Quduklarni burg‘ulash va o‘zlashtirish texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T24.
Ilmiy rahbarlar: Negmatova Komila Soyibjonovna, texnika fanlari doktori, professor; Ikramova Muqaddas Eralievna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abed Nodira Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor; Muxtorov Nuriddin Shamshidinovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy va ikkilamchi xomashyo asosida rapabardosh kompozision kimyoviy reagentlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
olinadigan kompozisiya komponentlarining fizik-kimyoviy va texnologik xususiyatlari hamda organomineral ingredientlarning tabiati, turi, tuzilishi, miqdori va nisbatlari, kompozisiya komponentlarining o‘zaro ta’sirlashish qonuniyatlariga asoslanib, rapabardosh kompozision kimyoviy reagentlarni ishlab chiqish uchun yangi ilmiy-asoslangan yondashuv ishlab chiqilgan;
kompozisiya komponentlarining tarkibi, tuzilishi va nisbatlariga bog‘liq holda rapabardosh kompozision kimyoviy reagentlar va ular asosidagi burg‘ulash eritmalarining fizik-kimyoviy va texnologik parametrlari: zichligi, qovushqoqligi, suv ajratishi, statik kuchlanish siljishini o‘zgarishining asosiy xususiyatlari aniqlangan;
ilk bor rapa mavjud bo‘lgan sharoitlarda minerallashgan qatlam suvlarida ham ishlaydigan, mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilaridagi organomineral ingredientlar asosida suvda eruvchanligi yuqori bo‘lgan, termodinamik barqaror, arzonligi bilan ajralib turadigan import o‘rnini bosuvchi rapabardosh kompozision kimyoviy reagentlar va ular asosida burg‘ulash eritmalarining yangi tarkiblari ishlab chiqilgan;
ekologik havfsiz va tejamkorligi bilan farqlanuvchi hamda rapa mavjud bo‘lgan sharoitlarda minerallashgan qatlam suvlarida ham ishlaydigan, rapabardosh kompozision kimyoviy reagentlar va ular asosida burg‘ulash eritmalarining olish texnologiyasining ilmiy-uslubiy tamoyillari ishlab chiqilgan;
rapabardosh kompozision kimyoviy reagentlar va ular asosida burg‘ulash eritmalari o‘zlarining kimyoviy tuzilishlari yaxshiligi sababli respublikamizdagi neft` va gaz quduqlarini burg‘ilash jarayonida yuqori barqarorlik xususiyatlarni namoyon etishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy va ikkilamchi xomashyo asosida rapabardosh kompozision kimyoviy reagentlarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
suvda eruvchan kukunsimon gossipol smolasini olish usuli uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAR 050462015). Natijada, yuqori fizik-kimyoviy va texnologik xususiyatlarga ega bo‘lgan mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilari asosida rapabardosh kompozision kimyoviy reagentlarning samarali tarkibini olish imkonini bergan;
rapabardosh kompozision kimyoviy reagentlarni resurstejamkor olish texnologiyasi «O‘zbekneftgaz» AJ tizimidagi neft` va gaz quduqlarini burg‘ulash jarayonida joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2021 yil 27 oktyabrdagi 03-17-5/165 27-son ma’lumotnomasi). Natijada, neft` va gaz quduqlarini burg‘ilash jarayonida rapabardosh kompozision kimyoviy reagentlarning yanada samarali tarkiblarini olish imkonini bergan;
yuqori fizik-kimyoviy va texnologik xususiyatlarga ega bo‘lgan mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilari asosida ishlab chiqilgan rapabardosh kompozision kimyoviy reagentlar «O‘zbekneftgaz» AJ tizimida joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2021 yil 27 oktyabrdagi 03-17-5/165 27-son ma’lumotnomasi). Natijada, «O‘zbekneftgaz» AJning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini bergan.