Karimov Sherzod Vofa o‘g‘liningning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Chuqur kar`erlardan foydali qazilmalarni qazib olishda katta yuk ko‘taruvchi avtosamosvallarning iqtisodiy jihatdan maqsadli ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini tadqiq qilish va boshqarish», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T1547.
Ilmiy rahbar: Naimova Rano Shukurovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.T.98.01.
Rasmiy opponentlar: Atrushkevich Viktor Arkad`evich, texnika fanlari doktori, professor; Xakimov Shodiboy Ixmatullaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chuqur kar`erning pastki gorizontlarida samarali va maqbul ishlashni ta’minlaydigan katta yuk ko‘taruvchi avtosamosvallar ishining ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini asoslashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chuqur kar`erlarning pastki va yuqori gorizontlarida avtosamosvallar bilan kon massasini tashishda maqbul transport rejasini shakillantirish va kon massasini kovjoydan qabul qilish punktlariga taqsimlashning matematik modeli ishlab chiqilgan;
yuk ko‘tarish qobiliyati 220 tonna bo‘lgan elektromexanik transmissiyali katta yuk ko‘taruvchi avtosamosvallarning ekspluatatsion-texnik ko‘rsatkichlari aniqlangan hamda kar`erning pastki gorizontlarida tor sharoitlarda yo‘lning qiyaligi (80-120‰) bo‘lganda chiqib-tushish jarayonlari takomillishtirilgan;
transport bermasi doimiy kengligi o‘zgarmagan holda, chuqur kar`erlarda avtomobil` yo‘llarini qurishda yo‘l qiyaligining kon massasini tashish masofasiga hamda kon massasi hajmiga ta’siri aniqlangan;
chuqur kar`erning kon-texnik parametrlarini avtosamosvalning ishlashiga ta’siri va katta yuk ko‘taruvchi samosvallarning ishlash koeffisientini oshishi aniqlanib, bu orqali chuqur karerning pastki va yuqori gorizontlarida ruda va qoplama tog‘ jinslarini energetik jihatdan samarali tashish optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Chuqur kar`erning pastki gorizontlarida katta yuk ko‘taruvchi avtosamosvallarning ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini aniqlash va boshqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuk ko‘tarish qobiliyatiga 220 tonna bo‘lgan takomillashtirilgan elektromexanik transmissiyali Komatsu 830E-AS avtosamosvallari Navoiy kon-metallurgiya kombinati Markaziy kon boshqarmasiga qarashli Muruntau kar`erida pastki gorizontlarda joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» Davlat korxonasining № 02.06.04/5452, 24.05. 2021y. sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yo‘lning qiyaligi (80-120‰)ni tashkil etganda kar`erning pastki gorizontlarida kon massasini tashish operatsiyalarida samaradorlik va xavfsizlikni oshirish imkonini bergan; 
ishlatilgan avtosamosvallar soni va ularning inventar birliklari sonini hisobga olgan holda liniyada avtosamosvallarning o‘rtacha ishlash koeffisienti Navoiy kon-metallurgiya kombinati Markaziy kon boshqarmasining Muruntau kar`erida joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» Davlat korxonasi ma’lumotnomasi № 02.06.04/5452, 24.05. 2021y.). Natijada, avtosamosvallarning o‘rtacha ishlash koeffisienti bir oy ichida   = 0,8 ni tashkil etgan, bu esa chuqur kar`erning pastki gorizontlaridan ruda va qoplama tog‘ jinslarini energetik jihatdan samarali tashishni rejalashtirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish