Tilavova Lola Inatilloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Polietilentereftalat va poliolefinlar chiqindilari asosida resurstejamkor kompozision materiallar yaratish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2444.
Ilmiy rahbar: Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Abed Nodira Soyibjonovna, texnika fanlari doktori, professor; Adilov Ravshan Irkinovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: polietilentereftalat va poliolefinlar chiqindilari asosida resurstejamkor kompozision materiallar yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polimer chiqindilari suyuqlanmasidan kompozisiyalar olish uchun bir shnekli laboratoriya ekstruderi ishlab chiqilgan;
yaratilgan polimer kompozision materiallarning tuzilishi va ularning mexanik xossalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar aniqlangan;
yaratilgan kompozisiyalarning termik xarakteristikalari, ularning parchalanish temperaturasining boshlanishi, parchalanish tezligi va parchalanish uchun sarflangan energiya miqdorlari aniqlangan;
polimer chiqindilarini qayta ishlash va ular asosida buyumlar ishlab chiqarishning ilmiy uslubiy prinsiplari yaratilgan;
kompozisiyalardan kompozision polimer materiallar ishlab chiqarish-ning texnologik liniyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Polietilentere-ftalat va poliolefinlar chiqindilari asosida resurstejamkor kompo-zision materiallar yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
polietilentereftalat bilan poliolefinlar chiqindilari asosida mashinasozlik detallarini ishlab chiqarish uchun resurslarni tejaydigan kompozisiyalar «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKda amaliyotga joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2021 yil 5 noyabrdagi 02-06-07/10673-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich kompozisiyalarga nisbatan ekspluatatsion xossalari 1,2-1,4 barobar yuqori bo‘lgan detallar olish imkonini bergan;
yuqori ekspluatatsion xossalarga va arzon narxdagi kompozision materiallar «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKda amaliyotga joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2021 yil 5 noyabrdagi 02-06-07/10673-son ma’lumotnomasi). Natijada, meva va sabzavotlarni saqlash va tashish uchun idishlar ishlab chiqarishdan iqtisodiy samaraga erishish imkonini bergan.