Shodmanov Jasur Abdumuxammadovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Moslashuvchan superkondensatorlar uchun ikki tarmoqli gel` polimer elektrolitlar olish texnologiyasi», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2357.
Ilmiy rahbar: Boymirzaev Azamat Solievich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Eshqurbanov Furqat Bozorovich, texnika fanlari doktori; Sottiqulov Elyor Sotimboevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: moslashuvchan superkondensatorlar uchun ikki tarmoqli gel polimer elektrolitlar olish texnologiyasi yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor gel` polimer elektrolitlarning fizik-mexanik xususiyatlari asosida moslashuvchan superkondensatorlar uchun yangi qattiq va mustaxkam gel` polimer elektrolit yaratilgan;
gellan polisaxaridini qattiq elektrolit sifatida foydalanish imkoniyati asoslangan;
ikki tarmoqli gidrogellar olish usuli asosida gel` polimer elektrolit (GPE) olingan va uning mexanik xususiyatlarining oshirilgani aniqlangan;
gellan/polivinil spirt, gellan/poliakrilamid o‘rtasidagi bog‘lanish va tarmoq tuzilishi sinov usullari yordamida aniqlangan;
yangi GPE asosli superkondensator (SK) ning turli xil mexanik ta’sir sharoitida va past haroratlarda foydalanish imkoniyati yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Gel` polimer elektrolitlarning mexanik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:  
superkondensator uchun ikki tarmoqli gel polimer elektrolit olish usulida olingan yupqa qatlamli gel polimer elektrolit olish texnologiyasi «Extra Primier BAT» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zeltexsanoat» assotsiatsiyasining 2021 yil 13 oktyabrdagi 04-3/2121-con ma’lumotnomasi). Natijada, moslashuvchan, egiluvchan, past haroratlarda va o‘zini-o‘zi tiklovchi xususiyatga ega qattiq gel` polimer elektrolit aosidagi superkondensatorlar olish imkonini bergan;
gel polimer elektrolitning fizik-mexanik, elektrofizikaviy va elektrokimyoviy xossalarini aniqlash usullari gibrid elektr manbalarida aniqlash usuli «Foton» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zeltexsanoat» assotsiatsiyasining 2021 yil 13 oktyabrdagi 04-3/2121-con ma’lumotnomasi). Natijada, yangi polimer-gel` maxsulotini gibrid elektr toki manbalarida qo‘llash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish