Jalilov Bahrom Sotiboldievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Korxonalar ishlab chiqarish potensialini yuksaltirish jarayonlariningekonometrik va statistik tahlili,
08.00.06 - Ekonometrika va statistika
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan  raqam: B2018.1.PhD/Iqt 437
Ilmiy rahbar:Begalov Bahodir Abdusalomovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Yorqin Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Isaev Ravshan Abduraxmonovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi don mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini iqtisodiy-statistik tahlil qilish va ekonometrik modellashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III .Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli iqtisodiyotning shakllanib borish sharoitida don mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari rivojlanish jihatlari va moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tizimli modellashtirish asosida ishlab chiqarish potensialini baholash usuli takomillashtirilgan;
don mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari ishlab chiqarish potensiali samaradorligini oshirishning iqtisodiy ko‘rsatkichlari guruhlar bo‘yicha ekonometrik modellashtirilgan va ular asosida ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlarni oldini olish, iste’molchilarga mahsulotni etkazib berish va saqlash jarayonlari optimallashtirilgan; 
mavsumiy jarayonlarga asoslangan korxonalar ishlab chiqarish potensialini baholashning ekonometrik modellari negizida yaratilgan dastur asosida korxonaning moliyaviy sohasidagi iqtisodiy inqiroz holatlarini o‘z vaqtida aniqlash va oldini olish hamda moliyaviy tendensiyalarni baholash  yo‘llari takomilashtirilgan;
don mahsulotlari korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarini yuksaltirishning 2021-2025 yillarning ko‘p omilli prognoz ko‘rsatkichlari asosida iqtisodiy samaradorlikni oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Korxonalar ishlab chiqarish potensialini oshirishning ekonometrik tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
raqamli iqtisodiyotning shakllanib borish sharoitida, don mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari rivojlanish jihatlari va moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini qiyosiy tahlil va ekonometrik modellar  asosida  ishlab chiqarish potensialini baholash jihatlarini  takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibidagi tashkilotlar amaliyotiga joriy qilingan (O‘zdonmahsulot aksiyadorlik kompaniyasining2021 yil 16 iyuldagi № 12–1/15–40–son ma’lumotnomasi).Ushbu takliflar natijasida don mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida qo‘shimcha daromadni o‘rtacha 4,3 foizga oshirishga erishilgan; 
don mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari ishlab chiqarish potensiali samaradorligini oshirishning iqtisodiy ko‘rsatkichlari guruhlar bo‘yicha ekonometrik modellashtirilgan va ular asosida ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlarni, iste’molchilarga mahsulotni etkazib berish, mahsulotni saqlash jarayonlarini  optimallashtirish bo‘yicha ilmiy takliflarO‘zbekiston Respublikasi “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibidagi tashkilotlar amaliyotiga joriy qilingan (O‘zdonmahsulot aksiyadorlik kompaniyasining 2021 yil 16 iyuldagi № 12–1/15–40–son ma’lumotnomasi). Buning natijasida viloyatda don mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida iqtisodiy samaradorlik 1,4 foizga ortishiga erishilgan; 
Fur`e qatoridan foydalanib mavsumiy jarayonlarga asoslangan korxonalar ishlab chiqarish potensialini baholashning ekonometrik modellari negizida dasturiy mahsulot ishlab chiqilib, uning yordamida korxonaning moliyaviy sohasidagi tendensiyalar, iqtisodiy inqiroz holatlarini o‘z vaqtida aniqlash va oldini olish bo‘yicha tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibidagi tashkilotlar amaliyotiga joriy qilingan (O‘zdonmahsulot aksiyadorlik kompaniyasining 2021 yil 16 iyuldagi № 12–1/15–40–son ma’lumotnomasi). Bu esa don mahsulotlari korxonalarida davr xarajatlarini 3,7 foizga kamaytirishga olib kelgan; 
don mahsulotlari korxonalarida ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirishning 2021-2025 yillarni ko‘p omilli prognoz ko‘rsatkichlari asosida iqtisodiy samaradorlikni oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibidagi tashkilotlar amaliyotiga joriy qilingan (O‘zdonmahsulot aksiyadorlik kompaniyasining 2021 yil 16 iyuldagi № 12–1/15–40–son ma’lumotnomasi). Bu esa hududlardagi don mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarining rivojlanish bosqichlarida optimal qarorlar qabul qilish, aholining talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda istiqboldagi imkoniyatlardan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish