Mamadjanov Abrorali Ashiralievichning
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):“O‘zbekiston milliy hisoblar tizimida turizm yordamchi hisobini takomillashtirish”, 08.00.06 - Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt1490.
Ilmiy rahbar: G‘oyibnazarov Bahodir Karimovich,iqtisodiyot fanlari doktori, professor  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Imomnazar Qalandarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Asraqulov Abduraxmon Sultonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsad O‘zbekiston Respublikasi milliy hisoblar tizimida turizm yordamchi hisobini takomillashtirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III .Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, turizm salohiyatini belgilovchi omillar va ko‘rsatkichlardansamaralifoydalanganholda, hududlarning turizm salohiyatini to‘laqonli baholash bo‘yicha integral ko‘rsatkichlar tizimi (I=∑_(i.j=1)^n▒〖F_ij*w_i 〗+∑_(i.j=1)^n▒〖R_ij*w_i 〗+∑_(i.j=1)^n▒〖G_ij*w_i 〗) taklif etilgan;
mamlakat hududiga tashrif buyuruvchilarning turistik xarajatlarini tanlab olish uslubini kengaytirish maqsadida “Uy xo‘jaliklarining ichki turizm va aholining jismoniy faolligi kuzatuvi” savolnomasiga “Dam olish vaqtida o‘z mablag‘lari hisobiga yashash bilan bog‘liq xizmatlar uchun xarajatlar”ni kiritish hisobiga joriy statistika kuzatuvlari takomillashtirilgan;
hududiy turizm yordamchi hisobini shakllantirishda turizm iste’molini mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, hududiy taqsimlash maqsadida “Hududlararo turizm iste’moli matrisasi (ITC=X_11+∑_(m=2)^n▒X_m1 +Z_1)” ishlab chiqilgan;
turizmning fizik hajm indeksini hisoblash uslubiyoti turizm yordamchi hisobining agregat ko‘rsatkichlarini ekstrapolyasiya qilish (Ocomp=∑_(i=1)^n▒〖〖Ocur〗_(t-1,i)∙I_(q,i ) 〗) hamda deflyasiya qilish yordamida (Ocomp=∑_(i=1)^n▒〖〖Ocur〗_(t,i)/I_(p,i)   )〗doimiy narxlarda baholash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston milliy hisoblar tizimida turizm yordamchi hisobini takomillashtirishbo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
milliy statistika amaliyotida mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, TYoH ko‘rsatkichlaridan samarali foydalangan holda, hududlarning turizm salohiyatini baholash bo‘yicha integral ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–4796-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “2020-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi”ning 5.2-bandiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2021 yil 29 iyundagi 01/1-03-21-45-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatimizda hududlarning turizm salohiyatini baholash imkoniyati oshgan; 
mamlakat hududiga tashrif buyuruvchilarning turistik xarajatlarini tanlab olish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan “Uy xo‘jaliklarining ichki turizm va aholining jismoniy faolligi kuzatuvi” hamda “O‘zbekiston Respublikasiga kirishga oid turizm bo‘yicha kuzatuv savolnomasi”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, O‘zbekiston TYoHning 4-jadvalini turizm iste’molining boshqa komponentlarini qo‘shgan holda kompleks baholash bo‘yicha berilgan ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PF–5635-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning 57-bandi ijrosini ta’minlashda hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida milliy hisoblarning zamonaviy tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 691-sonli Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2021 yil 29 iyundagi 01/1-03-21-45-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida turizmni baholovchi ko‘rsatkichlarning xalqaro standartlarga muvofiqligi ta’minlangan hamda xalqaro darajada qiyosiyligi oshgan; 
hududiy turizm yordamchi hisobini shakllantirishda turizm iste’molini mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, hududiy taqsimlash maqsadida “Hududlararo turizm iste’moli matrisasi”ni  ishlab chiqish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–4796-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “2020-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi” 5.2-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2021 yil 29 iyundagi 01/1-03-21-45-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida  mamlakatimiz hududlarida turizmning rivojlanish holatini kompleks baholash imkoniyati oshgan hamda hududlar kesimida kuzatuvlar o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar 15 % ga kamaygan; 
“Turizm uchun hisoblanadigan umumiy muvozanat modeli (Computable General Equilibrium Modelling for Tourism – CGEMT)”ni ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar bazasini shakllantirish nuqtai nazaridan takomillashtirish hamda  turizm bo‘yicha fizik hajm indeksini hisoblashni takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–4796-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “2020-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi” 5.19-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2021 yil 29 iyundagi 01/1-03-21-45-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida turizm bo‘yicha fizik hajm indeksini hisoblash uslubiyoti takomillashgan hamda mamlakatda turizmning real o‘sish sur’atlarini va uning iqtisodiyotga ta’sirini baholash imkoniyatlari oshgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish